Breaking News

Minglab musulmonni qirganlikda ayblanayotgan sobiq harbiy Gaaga tribunali qo’lida


Ratko Mladich
Ratko Mladich

Serbiya sudi harbiy jinoyatlar va musulmonlarga qarshi genotsid - qatliomda ayblanayotgan sobiq qo’mondon Ratko Mladichni xalqaro Gaaga tribunaliga topshirgan.

69 yoshli Mladichning vatanda qolish haqidagi iltimosini sud rad etgan.

Advokatlarining aytishicha esa uning salomatligi zaif va tergovga chidab berishi gumon. Sud Ratko Mladich sog’-salomat ekanini aytib, bugunoq ektraditsiya qilgan.

Avvalroq, seshanba kunduz Mladich Belgrad qabristonida bo’lib, 1994 yilda o’z joniga qasd qilgan qizi Annaning qabrini ziyorat qilgan. S

obiq qo’mondon 16 yil qochib yurib, o’tgan hafta Blegradda, qarindoshining fermasida ushlangan edi.

Gaaga tribunali Mladichni 1995 yilda Bosniyaning Srebrennitsa shahrida 8 ming musulmon erkak va yosh bolani o’ldirishga buyruq berganlikda ayblamoqda.

Sobiq serb qo’mondoni 1992-1995 yillarda fuqarolik urushi paytida Bosniyaning Sarayevo shahri qamaliga ham aloqador ekani aytiladi.

Bosniya urushi 1995 yilda sulh bilan tugab, yurt serblar va musulmon-xorvatlar yashovchi alohida davlatlarga bo’linib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG