Joriy yilda Qirg’iziston janubida shoir Shavkat Rahmonni xotirlab badiiy kechalar, anjumanlar o’tkazildi. Yig'inlardan biri yaqinda O’sh shahridagi yangi kutubxonada kechdi. Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon 65 yil muqaddam O’sh shahrida tavallud topgan, she'riyatdagi ilk qadamlarini ushbu diyorda qo’ygan edi.
Shoir Shavkat Rahmonni eslab

1
O’shlik o’quvchilar Shavkat Rahmon she’rlarini yoddan bilishadi.

2
Shavkat Rahmon asarlari qirg’iz tiliga ham tarjima etilgan va kitobxonlar olqishiga sazovor.

3
Shoirning qaynopasi Muhabbat Nosirova xotirlaydi.

4
Shoirning muxlislari - turli avlod vakillari.