3-avgust kuni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar Nyu-Gempshir shtatida forumda qatnashib, immigratsiyaga doir qarashlarini bildirdi. Ro'yxatga olingan 17 da'vogardan 14 tasi ikki soatli tadbirda qatnashdi.
Aksariyati nazarida noqonuniy immigratsiyaning oldini olish uchun chegaralarni mustahkamlash kerak.
"Chegara puxta qo'riqlanmas ekan, muammo bartaraf etilmaydi. 30 yildan beri shu muammo xususida bosh qotiryapmiz. Amerikaliklar Vashingtondagi siyosatchilarga ishonmay qo'ygan", - deydi Texas shtati sobiq gubernatori Rik Perri.
"Hozirgi ma'muriyat chegara xavfsizligi bobida jiddiy ish qilmadi. So'nggi 20 yilda mamlakatga 35 million odam keldi - kimdir qonuniy, kimdir esa noqonuniy yo'llar bilan. Ularning 90 foizi malakasiz ishchilar bo'lib, amerikalik mehnatkashlar uchun raqobat yaratmoqda", - deydi sobiq senator Rik Santorum.
Respublikachi nomzodlar ro'yxatida birinchi o'rinda ketayotgan milliarder Donald Tramp forumda ishtirok etmadi.
6-avgust kuni Klivlend shahrida 10 da'vogar ishtirokida ilk teledebat o'tkaziladi.
Demokratlar partiyasidan poygaga besh kishi qo'shilgan. Sobiq Davlat kotibasi Xillari Klinton peshqadam.