Breaking News

Richmond - Amerikaning tatu markazlaridan biri


Tatu san'atiga bag'ishlangan ko'rgazma
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:25 0:00

Tatu san'atiga bag'ishlangan ko'rgazma

Tatu deganda ko’pchilik aniq bir fikrga ega: yo yoqtirasiz, yo yoqtirmaysiz. Izlanishlar shuni ko’rsatadaki, Amerikada tatu hech qachon modadan chiqmagan. Har besh amerikalikdan birining qayeridadir tatusi bor. Ularning aksariyatida sharq timsoli bo’lgan tasvirlar aks etgan. Virjiniya shtatining Richmond shahridagi Nafis san’at muzeyida tatular ko’rgazmasi bor.

Bredli Miller ilon aks etgan tatu qo’ydiriayapti.

“Oldin bosh suyak va oddiy narsalarni istardim. Hozir esa aniq, zamonaviy, boshqaralardan ajratib turadigan tasvir xohlayman.”

Hamma ham tatusini ko’rsatib yurishni istamaydi. Tatu ayrimlar uchun o’ta shaxsiy belgi. Kimdir surat xohlaydi, kimdir esa so’z. Sharqona timsollar – an’anaviy tatular.

Tatular aslida qadim san’at namunalari, deya hikoya qiladi Richmond shahrida yaqinda ochilgan ko’rgazma. Unda, xususan, Yaponiyaga xos ko’rinishlar namoyishda. Xalqaro maydonda tanilgan tatu ustalari o’z ijodini ko’z-ko’z qilmoqda.

Li Enn Chesterfild – bu muzey rahbarlaridan biri. Ko’rgazma uning tashabbusi bilan tashkil etilgan.

“Bu yerda ko’rayotganlaringiz hozir Amerika bo’ylab kattayu kichikda ko’rsa bo’ladigan tasvirlar. Bir qarashda ular g’arbcha chizgilardek tuyuladi, biroq aslida sharqdan”,- deydi Chesterfild.

Masalan, yapon afsonalaridagi mavjudotlar, shuningdek, fusunkor o’simliklar va giyohlar. Ba’zilar butun badaniga qo’ydiradi, kimdir esa yelkasi, qo’llari yoki orqasiga”.

Tatularni suratga olib nom qozongan fotograflar bor. Bu ko’rgazma ortida Kip Fulbek va Tarahiro Horitaka Kitamura turibdi.

Ular dunyoning yetakchi tatuchilarining ijodlarini ko’zdan kechirib, eng saralarini shu yerga to’plagan. Aksariyati, deydi fotograflar, yaponcha uslubda va uzoq tarixga ega namunalar.

“Yapon tatulari G’arbdagidan ancha farq qiladi. Tatular aslida badandagi oddiy belgi emas, nafis san’at asarlari. Qizig’i shundaki, Yaponiyada qadrini yo’qotgan”,- deydi Fulbek.

Chunki Yaponiyada tatu deganda mafiya, uyushgan jinoiy tizimlar va ularning qabih ishlarini tushunishadi.

Fulbek bu afsuslanarli hol, deydi.

“Suratlar – haqiqat… O’zingiz ularga bir qarang. Politsiya, o’t o’chiruvchilar, professorlar, tadbirkorlar, o’qituvchilar… Maqsadim – odamlarni bu san’atdan yaqindan boxabar qilish. U qadim tarixga ega va uning mahsuli”,- deydi Fulbek.

Fulbekning o’zidagi tatular uch ustasining ijodi. Ularni qo’ydirish uzoq vaqt, qunt, ixlos va albatta mehnat talab qilgan.

“Yapon tatularini qo’ydirish murakkab jarayon. G’arbda, masalan, xaridor -xudo. Nima istasangiz, bajo keltirishadi. Borasizda, menga mana bu tasvirni tushir, deysiz. Sharqda esa azaldan ijodkor tanlagan siz uchun”, - deydi Fulbek.

Zak Xendriksonning tatusini Brayan Bruno degan mashhur usta qo’ygan. Bruno Richmondda yashaydi. Bu shahar tatu bo’yicha AQShda uchinchi o’rinda.

“Men tengilar uchun tatu - jamiyatga nisbatan fikr. Tatu bizning dardimizni aks ettiradi. Kimgadir u yoqmas, lekin bu avvalo bizning fikrimiz”,- deydi Xendrik.

Tatu yoshlarga yarashadi, qariganda esa xunuk ko’rinadi degan fikr keng tarqalgan. Yana bir haqiqat - tatu doimiy emas, o’chadi. Yoshlik singari u ham vaqtincha.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG