Merilend shtatining Baltimor shahrida 25 yoshli qora tanli fuqaro, Freddi Grey politsiya hibsxonasida jon bergach avj olgan norozilik kayfiyati hozirda to'qnashuv va zo'ravonlik tusini olgan. Namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz. O'nlab zobitlar va fuqarolar jarohatlangan. Merilend shtat hokimiyati favqulodda choralar ko'rishga ahd qilgan. Ommadan tarqashni talab qilmoqda. 200 dan ortiq odam hibsga olingan. 150 dan ziyod joy yoqib yuborilgan.