O'tgan ikki yildan beri tinimsiz kampaniya olib borgan, 2 milliard dollardan oshiq harajat qilib, Oq Uyga saylanishga umid qilgan respublikachi Mitt Romni Bostondan turib, qisqa va mazmunli nutq so'zladi. Mag'lubiyatni tan oldi.
"Hozir partiyabozlik qilish, siyosiy tarqoqlik davri emas. Hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, vatanim ravnaqi haqida o'ylashimiz kerak. Men Amerika va uning xalqiga ishonaman. Biz har qanday to'siqlardan o'tib, har qanday mashaqqatni yengib, to'g'ri yo'ldan bora oladigan davlatmiz", - deydi u.
"Men Amerika uchun qayg'urganim, uning bugungi ahvolidan tashvishda ekanim va uni boshqarishga qodir ekanim sabab prezidentlik uchun kurashdim. Lekin yurtdoshlarim boshqa odamni ma'qul ko'rdi. Xalqim irodasiga bosh egib, prezident Barak Obamaga muvaffaqiyat tilayman, uni duo qilaman".
Massachussetss shtati gubernatori saylovda, so'nggi hisoblarga ko'ra, 49 foiz ovoz olgan. Natijani belgilovchi Saylovchilar kollegiyasi shtatma-shtat amaldagi prezidentni g'olib deb topdi. So'nggi natijalar bilan mana bu sahifada tanishing.
Romni kongressmen Pol Rayanni vitse-prezidentlik uchun ko'rsatgan edi.
"Bu qarorim to'g'ri bo'lganiga ishonchim komil va afsusda emasman",- dedi respublikachi.
Prezidentlik uchun ikki bor harakat qilib, boy bergan 65 yoshli Romni sabr-toqat va quvvatlov uchun oilasidan toabad minnatdor ekanini aytdi.
Saylovda amerikaliklar yangi qonunchilar uchun ham ovoz berdi. Senatda demokratlar, Vakillar Palatasida esa respublikachilar ko'pchilik o'rinni saqlab qolgan.
Obama ikkinchi muddat uchun 2013-yilning 20-yanvarida qasamyod keltiradi.
Mitt Romni mag'lubiyat nutqi, original, ingliz tilida:
Barak Obamaning g'alaba nutqi, original, ingliz tilida: