Breaking News

Rossiya arab dunyosi va Afrikadagi ittifoqchilar bilan aloqani kuchaytirmoqda


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov efiopiyalik hamkasbi bilan uchrashuv chog'ida
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov efiopiyalik hamkasbi bilan uchrashuv chog'ida

AQSh Rossiyani xalqaro sahnada yakkalatishga harakat qilayotgan bir paytda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shu hafta Arab Ligasiga a’zo davlatlar vazirlari bilan uchrashdi, so’ng Afrika mamlakatlarini kezdi.

Xalqaro hayot - 28-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:28 0:00

Rossiya Yaqin Sharq va Afrikadagi ittifoqchi davlatlarni bug’doy ta’minoti uzilmaydi deya ishontirishga urinmoqda.

"Ukraina g’allasini Qora dengiz orqali jahon bozoriga olib chiqishga doir Turkiyada imzolangan kelishuv haqidagi yaxshi xabar bilan tashrif buyurgan Sergey Lavrovni olqishlashdan mamnunmiz”, - dedi Kongo Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jan-Klod Gakosso.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi dunyoda oziq-ovqat va xususan bug’doy ta’minotida uzilishlarga sabab bo’lib, millionlab tonna g’alla omborxonalarda qolib ketdi, narx-navo oshdi. BMT ma’lumotiga ko’ra, ayni paytda dunyoda qo’shimcha 47 million odam o’tkir ochlikka yuz tutmoqda, ayniqsa Afrikada vaziyat og’ir.

Lavrov yakshanba kuni Misrda bo’lib, bug’doy kamomadini G’arb Rossiyaga qo’ygan sanksiyalar bilan izohladi, oziq-ovqat ta’minoti bobida Misrga berilgan va’dalar bajarilishiga kafolat berdi.

Turkiyada erishilgan kelishuvga muvofiq Istanbulda ta’sis etilgan qo’shma muvofiqlashtirish markazi ish boshladi. Markaz bug’doy ortilgan kemalarning Odessa portlaridan Qora dengiz va Bosfor bo’g’ozi orqali O’rta Yer dengiziga chiqishini nazorat qiladi.

Lavrov Misr, Kongo, Uganda va Efiopiyada bo’ldi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer ham mintaqada bo’lib, 1,3 milliard dollarlik yordam va’da qildi.

Vashingtonda joylashgan AQSh Tinchlik instituti eksperti Syuzan Stigantning aytishicha, Afrika bug’doyning 40 foizini Rossiyadan oladi. Dunyoda qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun o’zlashtirilmagan yerlarning 60 foizi Afrikada ekani aytilmoqda.

Bugun Lavrov Toshkentga borib, Shanxay hamkorlik tashkiloti vazirlari majlisidan oldin Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan ko’rishdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG