Breaking News

Ayrim xalqaro kompaniyalar Rossiyani tark etish niyatida emas


Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Mamlakat iqtisodiyot vazirining aytishicha, sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.
Qrim qo’shib olinganidan so’ng rossiyaliklar orasida prezident Vladimir Putinning shuhratiga shuhrat qo’shildi. Ammo iqtisodiyot yomonlashgan sari uning obro’si tushib boradi, deydi tahlilchilar.

Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning aytishicha, iqtisodiy pasayishdan xavotirlangan sarmoyadorlar allaqachon 70 milliard dollar pulni Rossiyadan olib chiqib ketgan.

“Global moliyaviy bozorlarda hamon noaniqlik darajasi yuqori. Oxirgi ikki oyda biz yuzlashayotgan bu holatda sarmoyadorlar pul kiritish bo’yicha qaror berishga qiynalyapti. Iqtisodiy vaziyat barqaror emas”, - deydi u.

Ukraina inqirozi boshlanganidan beri Rossiya aksiyalari 10 foizdan ortiqqa pasayib ketdi.

Yevropa jazo choralarini yanada kuchaytirish haqida ogohlantirayotgan bir paytda Rossiyani tark etishga shoshilmayotgan sarmoyadorlar ham bor.

Putin bilan yaqinda bo’lib o’tgan uchrashuvda “Royal Dutch Shell” neft va gaz korporatsiyasi rahbari Ben Van Berden kompaniya Rossiyadagi faoliyatini kengaytirishda davom etishini ma’lum qildi.

“Tashrifimning o’ziga xos sababi bor. Bugun Saxalin energiya kompaniyasi bilan hamkorlik boshlaganimizga 20 yil to’ldi. Biz bu hakmorlikdan faxrlanamiz”, - deydi dunyoning yetakchi neft kompaniyasi rahbari.

Tahlilchi Ben Kumarning aytishicha, Rossiya iqtisodiyotida katta biznes manfaatlariga ega “Shell” kabi kompaniyalar oz emas.

“Hozirgi globallashuv jarayonida hamma bir-biri bilan bog’liq. “British Petroleum” kabi transmilliy energiya kompaniyalari ko’plab davlatlarda shunchalik tomir yozganki, agar ularning savdo aloqalarini uzmoqchi bo’lsangiz, boshqa tomondan asorati yuzaga chiqadi”, - deydi u.

“Reyters” axborot agentligining Yevropa bo’yicha muharriri Pyer Braynson Yevropa davlatlarini “rus ayig’i”ni qiynashga qattiq berilishdan ehtiyot bo’lishga chaqiradi.

“Iqtisodiy urush ochsangiz, o’zingiz ham zarar ko’rmasdan qolmaysiz. Agar sanksiyalar to’liq kuchga kirsa, Yevropa kompaniyalari aziyat chekishini yaxshi bilamiz”, - deydi u.

Ayni paytda Yevropa iste’mol qiladigan gazning uchdan birini Rossiya yetkazib beradi. Gaz quvurlarining aksariyati Ukraina orqali o’tgan.

Vaziyat nozik diplomatik muvozanat o’rnatishni taqozo qiladi. Bir tomondan ochilgan savdo urushi ikkinchi tomondan butun dunyo bo’ylab energiya narxlarining oshishiga olib keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG