Breaking News

Obamaning "Islomiy davlat"ga qarshi siyosati haqida fuqarolar ikkiga bo'lingan


So'rovlarga ko'ra, AQShdagi 71 foiz fuqaro Afg'onistondagi urush haqida avlodlar xulosa qiladi, deydi. 26 foiz aholi nazarida esa Afg'onistondagi harakatlarni muvaffaqiyatli desa bo'ladi.
So'rovlarga ko'ra, AQShdagi 71 foiz fuqaro Afg'onistondagi urush haqida avlodlar xulosa qiladi, deydi. 26 foiz aholi nazarida esa Afg'onistondagi harakatlarni muvaffaqiyatli desa bo'ladi.

Oxirgi so'rov natijalariga qaraganda, Amerika ahli Prezident Barak Obamaning Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" guruhiga qarshi siyosatidan ko'ngli to'q emas. Ba'zilar nazarida Obamaning harakatlari yetarli emas, boshqalar esa prezident Amerika fuqarolarini urushlardan olib chiqish va'dasini bajarmadi, deb hisoblaydi.

Bir yil oldin Obama Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" to'dasini havodan bombardimon qilishga ruxsat bergan edi. Yaqinda Suriyaga yana qariyb 50 nafar askar jo'natmoqchi.

Aholi orasida esa bu choralarga ishonch so'nib borayapti. O'tgan yilning kuzida fuqarolarning teng yarmi jangovar kampaniyani qo'llagan bo'lsa, bugun kamrog'i, ya'ni 38 foizi harbiy amaliyotlarni yoqlaydi.

Qo'shma Shtatlar Iroq va Afg'onistonda o'n yildan oshiq jang qilgach, Obama Amerikani harbiy nifoqlardan olib chiqaman, deya va'da bergan. Lekin Obama prezidentligining oxirgi yilini yakunlayotgan bo'lsa, mamlakat hanuz Iroq, Suriya, Afg'onistondagi frontlarda band.

AQSh, xususan, 2001-yilda Afg'onistonga qo'shin kiritgan. Prezident so'nggi yillarda askarlarning ko'pini bu davlatdan olib chiqdi, ammo Afg'oniston hanuz notinch ekani bois amerikalik harbiylarni bu yerda uzoqroq qoldirishga qaror qilindi.

So'rovlarga ko'ra, AQShdagi 71 foiz fuqaro Afg'onistondagi urush haqida avlodlar xulosa qiladi, deydi. 26 foiz aholi nazarida esa Afg'onistondagi harakatlarni muvaffaqiyatli desa bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG