Breaking News

Rossiya 4 mamlakatning 7 diplomatini haydamoqda


Rossiyalik diplomatlarning haydalishiga javoban Kreml Slovakiya, Latviya, Litva va Estoniya elchixonalarining ayrim xodimlarini persona non-grata deb e’on qildi. Ular shu hafta ichida Rossiyani tark etishi kerak bo’ladi.

Xalqaro hayot – 28-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:05 0:00

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, to’rt mamlakatning 7 nafar fuqarosi haydaladi – uch slovakiyalik, ikki litvalik, bittadan Latviya va Estoniya diplomatlari.

“Vazirlikdagi suhbat professional tarzda o’tdi. Rossiyalik hamkasblarimiz o’z ishini bajardi. Biz ularni tinglab, izohlarimizni berdik. Poytaxtlarimizdagi rahbarlarni xabardor qilamiz”, - dedi Latviyaning Rossiyadagi elchisi Maris Riyekstinsh.

O’tgan hafta Chexiya Rossiyani 2014-yilda qurol-yarog’ omboridagi portlashga aloqadorlikda ayblab, Rossiya razvedkasida ishlayotganlikda gumon qilingan 18 diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. Moskva Chexiya elchixonasining 20 xodimini haydash bilan javob berdi. So'ng ikki mamlakat diplomatik missiyalarida xodimlar sonini teng qilishga kelishib oldi.

Shundan keyin Slovakiya, Estoniya, Latviya va Litva ham Chexiya ketidan rossiyalik diplomatlarni haydadi. Moskva ularni Chexiya bilan soxta birdamlikda ayblab, tez orada javob berishini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG