Breaking News

Yevropa Rossiyada xorij agentlari haqidagi qonun ijrosini yaqindan kuzatadi


Moskva ko'chalari
Moskva ko'chalari
Yevropa Kengashi rahbari Rossiyada nodavlat tashkilotlarni xorijiy agent sifatida ro’yxatga olishni talab qiluvchi qonundan xavotir bildirmoqda.

Kengash bosh kotibi Turbyorn Yagland Moskvada prezident Vladimir Putin bilan shu mavzuda gaplashgan.

Noyabrda kuchga kirgan va chetdan moliya oladigan tashkilotlarni chet el agenti deya tamg’alovchi bu qonun ijrosini yaqindan kuzatib boramiz, dedi Yevropa rasmiysi.

Sovetlar davrida bu ibora josus deyish bilan teng bo’lgan.

Rossiyada saylovlar monitoringi bilan shug’ullanuvchi yagona mustaqil tashkilot – “Golos” yaqinda agent sifatida ro’yxatdan o’tmagani uchun salkam 10 ming dollar jarimaga tortilgan.

Tashkilot rahbari qonun kuchga kirganidan beri xorijdan hech qancha pul olgan emasmiz, deydi.

Mamlakatda Vladimir Putin rahbarlikka qaytganidan beri Kremlga qarshi kayfiyat tobora kuchayib borayapti. Putinning ta’kidlashicha, bu muxolifatni moliyalayotgan – Qo’shma Shtatlar.

U prezidentlikka kirishgach, ko’p o’tmay nodavlat tashkilotlar faoliyatiga doir yangi hujjat qabul qilindi. Tanqidchilar nazarida bundan maqsad – oppozitsiyani, hukumatga qarama-qarshi fikrlarni bo’g’ish.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG