Breaking News

Hindiston, Rossiya mudofaa va yadroviy hamkorlik bobida 300 milliard dollarlik bitim imzoladi


Rossiya va Hindiston yadroviy energetika, farmasevtika va axborot texnologiyasi sohasida yaqinroq ishlashga kelishib olgan.
Rossiya va Hindiston yadroviy energetika, farmasevtika va axborot texnologiyasi sohasida yaqinroq ishlashga kelishib olgan.

Hindiston va Rossiya mudofaa va yadroviy hamkorlikka oid, qiymati bir necha milliard dollarga teng bitimlar imzolagan. Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev hozir Dehlida.

Bitim doirasida Hindiston va Rossiya birgalikda eng zamonaviy qiruvchi samolyotlar yaratadi. Dehli mana shunday mahsulotdan 300 donasini o’zi uchun, armiyasi uchun xarid qilmoqchi.

Ikki davlat shu tariqa kelasi 10 yilga mo’ljallangan 300 milliard dollarlik kelishuvga erishgan.

Rossiya hozir Hindistonning Tamil Nadu shtatida ikki reaktor qurish bilan band. Dehli va Moskva yana ikki yadroviy inshoot bunyod etish xususida gaplashmoqda.

Rossiya rahbari Medvedevning tashrifidan maqsad ham asosan shu edi – mudofaa va yadroviy sohada bitimlarni ma’qullash.

Hindiston AQShning yaqin hamkori. G’arbning boshqa davlatlari bilan ham aloqani tobora yaxshilab bormoqda. So’nggi yillarda, shuningdek, Isroildan ham qurol sotib ola boshladi.

Uzoq yillar mudofaa bobida Hindistonni ta’minlab kelgan Rossiya mustahkam sheriklikni boy bermoqchi emas.

Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singxning aytishicha, hamkorlik poydevori juda pishiq.

“Rossiya Hindistonning ishongan tog’i. Og’ir damlarda bizni qo’llab-quvvatlagan hamkor”, - deydi Singx.

Ikki davlat 2015 yilga qadar o’zaro savdoni yiliga 20 milliard dollarga oshirishni ko’zlamoqda. Rossiya va Hindiston yadroviy energetika, farmasevtika va axborot texnologiyasi sohasida yaqinroq ishlashga kelishib olgan.

Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosiga aylanish niyatida va bu borada xalqaro hamjamiyat, xususan AQSh, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar qo’llab-quvvatlovidan umidvor.

Dmitriy Medvedev nazarida Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosiga aylanishga haqli, munosib davtlardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG