Breaking News

Latviyaliklar rus tiliga davlat maqomini berishdan bosh tortdi


Vladimir Linderman, "Ona tili" harakati hamraisi, Latviyada ruslar jamoasi rahbari
Vladimir Linderman, "Ona tili" harakati hamraisi, Latviyada ruslar jamoasi rahbari

Latviyada rus tiliga rasmiy til maqomini berish harakati mag'lubiyatga uchradi. Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritishga doir referendumda qatnashganlarning 78 foizi "yo'q" deb javob bergan. Latviya aholisining 27 foizini ruslar tashkil etadi va salkam 35 foizi rus tilida so'zlashuvchilar.

Sovet Ittifoqi qulaganidan so'ng Latviyada qolib, mahalliy tilni o'rganmaganlarga fuqarolik berilmagan edi. Latishlar rus tilini bosqinchilar tili deb biladi.

Ulardan birining aytishicha, referendum g'oyasining o'zi noto'g'ri. Latviyada faqat bir til bor va bu latish tili, deydi u.

Referendumda "ha" deb javob berganlar nazarida mamlakatda rus tilida ham ish yuritish imkoni bo'lishi kerak.

"Latish tiliga g'arazim yo'q. Bu tilda bemalol so'zlasha olaman, ammo referendumda latish siyosatiga norozilik bildirdim. Rus tiliga ozchilikdagi elatlar uchun aloqa vositasi maqomini berish kerak", - deydi boshqa bir ayol.

Aksariyat latishlar referendumni Latviyani Rossiya ta'sir doirasiga qaytarish harakati deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG