Breaking News

Rossiya Markaziy Osiyo bilan vizali rejimga o'tadimi?


Dorgomilovskiy bozorida ishchilar tekshiruvdan o'tmoqda, Moskva
Dorgomilovskiy bozorida ishchilar tekshiruvdan o'tmoqda, Moskva
Rossiya siyosiy doiralari Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizali rejim joriy etishni muhokama qilayapti. Avvaliga rus millatchilari hamda muxolifat qo’llagan bu tashabbus yaqinda Kommunistlar partiyasi tomonidan ham yoqlab chiqilgan. Mehnat muhojirlari uyushmalari nazarida ham to’g’ri qaror.

Rossiya mehnat muhojirlari, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:46 0:00
Yuklab oling

Kremlning o’zida Markaziy Osiyo bilan viza tartibini joriy tishga iroda-xohish yetishmaydi. Duma Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza tizimini joriy etish masalasini muhokama qilish niyatida emasligi bildirgan edi. Biroz o’tib Dumadagi kommunistlar vizali tizim tarafdori ekani haqida bayonot tarqatdi.

Masala yuzasidan hozircha Kreml ham, Markaziy Osiyo davlatlari ham biror munosabat bildirishganicha yo’q.

Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni jihatidan birinchi o’rinda bo’lgan O’zbekistonda ular oqimini cheklashga urunish kuzatildi xolos.

Rossiya Markaziy banki taraqatgan so’nggi ma’lumotda Rossiyadan O’zbekistonga yuborilyotgan mablag’ 2012 yilda 6 millard dollardan oshgani qayd etiladi. Bu respublikada tirikchilik uchun juda muhim manba.

Rossiyada ko’tarilayotgan vizali tizimni joriy etish masalasi muhojirlar sonini cheklash bilan birga, ular yuborayotgan yordamga ham o’z tasirini o’tkazadi.

Bu qadam Rossiya muxolifati, millatchilari uchun muhojirlari oqimini cheklashga umid bo’lsa, Kreml uchun navbatdagi bosim vositasi bo’lishi mumkin.

Ayrim ekspertlarga ko’ra, Kreml o’z strategik manfaatlari doirasida vizali aloqa o’rnatishga bormaydi.

Rossiyada ro’yxatdan o’tgan o’zbek muxolifatiga qarashli “Taraqqiyot” partiyasi yetakchisi Abdujabbor Ismoilov deydiki, Rossiya hukumati mintaqa bilan hamkorlikni cheklamaydi.

“Biz bunaqa chaqiriqlarga qarshimiz, sababi bu munosabatlar o’zgarishiga ham ta’sir qiladi. Qolaversa viza muammosi qo’shimcha tashvish. O’zbekistonga qaytgan bilan, korrupsiya rivojlangani vaziyatni yanayam og’irlashtiradi. Masalan oddiy bir vizani olish uchun qancha harakat qilish kerak. Geosiyosiy nuqtai nazardan ham Rossiya bu qarorga bormaydi, Markaziy Osiyo blan aloqalarni uzish tarafdori emas”, - deydi Ismoilov.

Tojikistonlik mehnat muhojirlari uyushmasi rahbari Karamat Sharipov Rossiya hukumatini viza joriy etishga chaqirib kelayotgan faollardan.

Tashkilot bayonotiga ko’ra vizali rejim joriy etilgan taqdirdagina Rossiya hukumati muhojir huquqlarini ta’minlashga majbur bo’ladi. Uyushma bu masalani siyosiy partiyalar, jumladan Kommunistlar bilan ham muhokama qilmoqchi bo’lgan, biroq ular muhokama o’tkazishni istashmagan.

Karamat Sharipov fikricha vizali rejim mehnat muhojirlari xavfsizligi uchun ham zarur.
“Muhojirlarni yetkazib berayotgan davlatlar Rossiyadan so’rashi kerak, ularni qabul qila oladimi yo’qmi. O’z navbatida Rossiya hukumati ham biz sizdan ishchi kuchi so’rayotganimiz yo’q deydi, lekin chegaralar ochiq qolaveradi. Biz avvalgi prezident Medvedov, hozirgi prezident Putinga ham Tojikiston bilan vizali tizim joriy etish haqida murojaat qilgan edik. Odamlar o’lib ketayapti, ko’pchiligining fuqaroligi ham, kimligi ham noaniq qolmoqda”, - deydi Sharipov.

Rossiyada mehnat muhojirlari ahvoli o’ta ayanchli deya baholanadi. Moskva, Toshkent va Dushanbeda vaziyatni yaxshilash uchun siyosi iroda yo’q.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG