Breaking News

Moskva migrantlar uchun toraymoqda


Moskva migrantlar uchun toraymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Rossiyada iqtisodiy rivojlanish so’nggi yillarda ancha sekinlashgan, ayniqsa 2014-yildan beri qo’llanilayotgan G’arb sanksiyalari iqtisodiyotga jiddiy zarar ko’rsatmoqda. Shunga qaramay, poytaxt Moskvada ahvol Rossiyaning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha yaxshi.


Ko’p sonli shahar etnik jihatdan xilma-xil. Moskvada Markaziy Osiyodan, ayniqsa O’zbekistondan ko’plab mehnat muhojirlari yashaydi. Iqtisodiy turg’unlik ularning hayotiga ham ta’sir qildi.

O’zbekistonlik mehnat muhojirlarining aksariyati farroshlik bilan shug’ullanadi yoki qurilishda ishlaydi.

O’zini Adham deb tanishtirgan bu odam Moskvaga ikki yil oldin borgan. Rassomchilik bilan kun ko’rishga umid qilgan, ammo voqelik bundan ancha murakkab bo’lib chiqdi, deydi u.

Moskvada Adham O’zbekistondagidan kam pul topadi; oldin qilmagan ishlar bilan shug’ullanishga, qurilishda og’ir ishlarni qilishga majbur; Moskvadan bir soat naridagi uyda bir necha vatandoshi bilan kichik xonada ijaraga turadi.

“Moskvaga kelib, asarlarimni sotaman deb o’ylagan edim. Biroq Moskvadagilarning yarmi rassom ekanini bilmagan ekanman. Iqtisodiy inqiroz endi boshlanayotgan paytda kelganman. O’zbekistonda omadim yurishmadi. Qizimni bevaqt berib qo’ydik, janozaga bora olmadim. Bir oz pul qilgan edim. Shuni uyga yubordim”, - deydi u.

Shahnoza Eshonqulova ham o’zbekistonlik. Hamma kabi Moskvaga pul ishlash uchun borgan.

“Moskvada qolish orzuim yo’q. Bu mening vatanim emas. Pul qilamanu, ketaman”, - deydi u.

Shahnoza O’zbekistonda o’qituvchilik qilgan, ammo bu kasb egalarining maoshi ko’p emas. Biroq Moskvada ish u o’ylaganchalik bo’lmadi.

“To’rt yulduz otelda ishladim. Boshida hammasi yaxshi edi, lekin keyin yangi boshqaruvchi keldiyu, menga yomon muomala qila boshladi, yerga urardi. Oliy ma’lumotli bo’lib, bunday tahqirlarga chidash qiyin edi”, - deydi Shahnoza.
Muhojirlar ko’p rossiyaliklar qilmaydigan ishlarda band. Oz maosh to’laydigan ishlar uchun raqobat maoshlarning tushib ketishiga sabab bo’lmoqda.

“Migrantlarning ko’payayotgani mahalliy aholi uchun ham daromad bilan birga ishlarni tanlash imkonining pasayishiga olib keldi. Bu esa mehnat bozorining quyi tabaqalariga oid aholida muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatga turtki bo’lmoqda”, - deydi sotsiolog Mixail Chernish.

Moskvada Afrika va Lotin Amerikasidan ham muhojirlar bor, biroq aksariyati grant bilan o’qiyotgan talabalar.

“Nigeriyaliklar uchun ta’lim olish juda muhimdir, chunki shunda yaxshi ishli bo’lamiz. Ta’lim uchun dunyoning istalgan joyiga, jumladan Rossiyaga borishga tayyormiz”, - deydi Joshua Orabiyi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG