Breaking News

Rossiya raketalari G'arbga tahdidmi?


“Iskandar” raketasi
“Iskandar” raketasi

Rossiyaning Boltiq dengizi bo’yidagi Kaliningrad shahrida “Iskandar” rusumidagi raketalarini joylashtirgani NATOni tashvishga solmoqda. 500 kilometrgacha masofaga uchuvchi bu raketalar yadro zaryadini tashishi mumkin.

“Rossiya G’arbga aniq signal yuboryapti. Uni uyqudan uyg’otuvchi signal. “Uyg’oning, siz xavfsiz dunyoda yashamayapsiz” degan signal”, - deydi Londondagi Qirollik birlashgan xizmatlari institutidan Igor Sutyagin.

Kremlning tushuntirishicha, bu muntazam harbiy mashg’ulotlarning bir qismidir. Sovuq urush paytida Sovet Ittifoqi og’ir qurollarini Sharqiy Germaniya va Chexoslovakiyada joylashtirgan edi. Bu gal urg’u masalaning psixologik tomoniga berilmoqda, deydi Sutyagin.

“Bundan maqsad G’arbni qo’rqitish. Rossiya xalqaro sahnada boshqa yo’llar bilan raqobat qila olmagani uchun psixologik omilni ishga solmoqda. Hatto Rossiya armiyasi NATO kuchlaridan ancha zaif”, - deydi tahlilchi.

Rossiya yaqinda Suriyadagi harbiy-dengiz bazasida S-300 havo mudofaasi tizimini ham o’rnatdi. Moskva maqsad do’q-po’pisa ekanini rad etadi.

“Raketa batareyamiz Tartus bazasi hamda qo’shimcha operativ bazani havo hujumidan himoya qilishga qaratilgan. S-300 sistemasining o’rnatilgani G’arbni nega bunchalik bezovta qilganini tushunmaymiz”, - deydi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiysi general-mayor Igor Konashenkov.

Germaniya nazarida, G’arb va Moskva o’rtasidagi ziddiyatlar Sovuq urush paytidagidan ham oshib o’tmoqda.

“Ruslar o’zini telba, aqldan ozgan, yovvoyi qilib ko’rsatmoqchi. Qarshi taraf bunga ishonib, Rossiyaning yo’liga chiqmasligi hisobga olingan. Masalaning psixologik tomoni ham shunda", - deydi Sutyagin.

Bu taktikani amalda ko’rsa bo’ladi. Aprel oyida Rossiya harbiy samolyotlari Boltiq dengizida suzib ketayotgan AQSh jangovar kemasi ustidan uchib o’tgan.

O’tgan hafta esa Finlyandiya Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlarini o’z sarhadidan haydab chiqarish uchun havoga samolyotlarini ko’tardi. Moskva chegarani buzganini inkor etmoqda.

AQSh mudofaa vaziri muovini Robert Uork juma kuni Xelsinkida bo’lib, bu mamlakat bilan harbiy tayyorgarlik va ma’lumot almashinuvini kuchaytirishga kelishib oldi.

Rossiya raketalari G'arbga tahdidmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG