Breaking News

Navalniy davlat mulkini o'marishda aybdor topildi

Rossiyaning Kirov shahar sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyni davlat mulkini o'g'irlashda aybdor topdi. Bu esa Navalniy kelasi yilgi prezident saylovlarida qatnasha olmaydi, degani.

Kirov shahar sudi hukmni chorshanba kuni o'qib eshittirdi. Prokuratura besh yillik shartli qamoq jazosi berilsin, demoqda.

Hukm apellyatsiya sudidan keyin ham tasdiqlansa, Navalniy prezidentlikka nomzodini qo'ya olmaydi. Navalniy hukmdan hayron emas.

Prokuratura ta'biricha, u 2009-yilda Kirov oblasti gubernatori maslahatchisi bo'lib ishlab yurgan va o'sha payt lavozimidan foydalanib "Kirovles" kompaniyasidan bir necha million rubllik noqonuniy daromad qilgan.

Navalniy Rossiyadagi korrupsiyani fosh qilib ommaga tanildi. 2011 va 2012-yilda Prezident Putinga qarshi ommaviy namoyishlarga yetakchilik qildi. Navalniy hukmdan qat'i nazar siyosiy faoliyatini davom ettirmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG