Breaking News

Rossiya muxolifati sardori Aleksey Navalniy besh yil qamoq jazosi oldi


AQShning “Wall Street Journal” nashri ta’rifiga ko’ra, prezident Vladimir Putin eng qattiq hayiqadigan shaxs aynan Aleksey Navalniydir.
AQShning “Wall Street Journal” nashri ta’rifiga ko’ra, prezident Vladimir Putin eng qattiq hayiqadigan shaxs aynan Aleksey Navalniydir.
Rossiya sudi muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni davlat mulkini o’g’irlashda aybdor topib, besh yil qamoq jazosi belgiladi.

U, xususan, 2009-yilda Kirov gubernatori qo’lida ishlab yurgan yillarida davlatga qarashli kompaniyadan qiymati 500 ming dollarga teng yog’och mahsulotini o’g’irlagan, deyiladi sud hukmida.

Hukumatni poraxo’rlik, yulg’ichlikda ayblab, tanqid qilgan muxolifatchi nazarida bu da’volar siyosiy fitnadir va bari uning ovozini o’chirishga qaratilgan.

Navalniy yaqinda Moskva meri uchun saylovlarda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tgan edi.

Rossiya qonunlariga ko’ra, sudlangan shaxs merlik yoki boshqa siyosiy lavozimlarga da’vo qila olmaydi.

Oppozitsiya sardori o’tgan yili poytaxt Moskvada ommaviy namoyishlarga boshchilik qilib, hukumatning asabini o’ynagan edi, deydi tahlilchilar.

AQShning “Wall Street Journal” nashri ta’rifiga ko’ra, prezident Vladimir Putin eng qattiq hayiqadigan shaxs aynan Aleksey Navalniydir.

Uning korrupsiyani fosh etuvchi blogi Rossiyada millionlab yoshlar orasida e’tibor qozongan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG