Rossiya hukumati oppozitsiya yetakchilaridan biri Sergey Udalsovni jamoat tartibini buzib, ommaviy g’alayonlar rejalashda ayblab, jinoiy ish qo’zg’agan.
Sal oldin davlat televideniyesida namoyish etilgan hujjatli filmda Udalsov Gruziya rasmiylari bilan til biriktirib, Rossiya hukumatini ag’darishni rejalagani da’vo qilinadi.
Tergov qo’mitasi filmni diqqat bilan o’rganib chiqib, ma’lumotlarni asosli deb topdi va jinoiy ish ochdi, deyiladi bugungi bayonotda.
Udalsov hukumatga qarshi namoyishlar boshida turganini tan oladi, biroq zo’ravonlikni, fuqarolarga ziyon qilishni xayolimga keltirgan emasman, deydi.
Xavfsizlik xizmati bugun uning Moskvadagi xonadonini tintuv qilgani ma’lum.
Rossiya tergov qo’mitasi boshqa muxolifatchilarning ham ketiga tushgan.
G’alayonlar va terror xurujlarini rejalab, jazosiz qolaman deb o’ylagan odamlar xavfsizlik xizmatini ham, qonunlarni ham bilmabdi, deydi qo’mita rasmiylari.