Amerikalik milliarder Jorj Soros tomonidan moliyalanuvchi Ochiq jamiyat jamg'armasi Rossiyada qora ro'yxatga tushdi.
Bosh prokuraturaga ko'ra, uning faoliyati mamlakatda konstitutsion asoslarni yemirishga qaratilgan bo'lib, milliy xavfsizlikka tahdiddir.
May oyida qabul qilingan qonunga ko'ra, xavf sifatida ko'rilgan tashkilotlar nomaqbul deb topiladi. qora ro'yxatga kiritiladi. Bu esa jamg'armaning mahalliy nodavlat tashkilotlarga grantlar ajratishini man qiladi.
Tashkilot Rossiyada chorak asr davomida olib borgan faoliyati natijasida qonun ustuvorligini kuchaytirishga hissa qo'shganini ta'kidlaydi.
AQSh Davlat departamenti Rossiya fuqarolik jamiyatidagi cheklovlardan taassufda ekanini bildirdi.
Ochiq jamiyat jamg'armasi ta'lim, fan, sog'liqni saqlash, axborot sohalarida ko'plab loyihalarga homiylik qilgan. Guruh (Ochiq jamiyat instituti) O'zbekistonda ham shu yo'nalishlarda ishlagan, ammo 2005-yildagi Andijon voqealaridan so'ng uning mamlakatdagi faoliyati to'xtatilgan.