Qo’shma Shtatlar Rossiya bilan fuqaro jamiyati va huquq borasida ish olib borayotgan guruhdan chiqdi. Bu degani ushbu organ endi yo’q.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibasi Viktoriya Nuland deydiki, Rossiya hukumati mamlakatdagi nodavlat tashkilotlariga qarshi siyosatini to’xtatmas ekan, bu borada birgalikda biror ish qilib bo’lmaydi.
Kremlni huquqni hurmat qilishga, fuqaro erkinliklarini ta’minlashda undashda davom etamiz, deydi Nuland, ammo yuqoridagi guruhdan hozir naf yo’q.
Amerika bilan bir davrada o’tirganida Rossiya rasmiylari erkinlik haqida jo’shib gapirsa-yu, amalda nohukumat tashkilotlari, amaldagi siyosatni savolga tutgan insonlar, muxolifat, xalqaro muassasalardan madad olgan uyushmalar davlat dushmani deb tamg’alansa, o’zimizni o’zimiz aldab nima qilamiz, deydi Vashingtondagi ekspertlar.
O’tgan yilning oktabrida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi ham Rossiyani tark etdi, chunki Kreml uning yordamiga muhtoj emasligini bildirdi.
2009-yilda Barak Obama prezidentlikka kelgan paytda Rossiyaning o’sha damdagi rahbari Dmitriy Medvedev bilan inson huquqlari bo’yicha guruh tuzib, birga ishlashga qaror qilishgan edi. Kreml o’shanda mamlakatda bu borada muammolar ko’p ekanini tan olgan.
O’tgan yili Vladimir Putin prezidentlikka saylanganidan beri siyosat ancha o’zgarib, hukumatni tanqid qilgan shaxslar, tashkilotlar va ularning homiylari nishonga olinmoqda. Bu harakatlarni qonuniylashtiruvchi hujjatlar qabul qilingan.