Breaking News

Rossiya G'arb tashviqotiga qarshi yangi radio ochdi


"Rossiya Segodnya" axborot agentligi rahbari Dmitriy Kiselyov "Sputnik" mediaguruhining taqdimot marosimida. 10-noyabr, 2014-yil.
"Rossiya Segodnya" axborot agentligi rahbari Dmitriy Kiselyov "Sputnik" mediaguruhining taqdimot marosimida. 10-noyabr, 2014-yil.

Rossiya G'arbdan kelayotgan "tajovuzkor propaganda"ga yangi axborot kanali orqali javob beradi. "Sputnik" nomi bilan ish boshlagan xizmatni Rossiya hukumati moliyalab, kelasi yil dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida 30 tilda faoliyat yuritishi aytilmoqda.

"Uol Strit Jornal" nashri ma'lumotiga ko'ra, Moskva 2015-yil "Sputnik" uchun 140 million dollar ajratishni rejalagan. Ingliz tilidagi dasturlari internet orqali va mahalliy radiokanallar bilan hamkorlikda efirga uzatiladi.

"Sputnik" (www.sputniknews.com) o'zini "media olamida yangi nom" deb atab, ommaviy axborot vositalarida mavjud bo'lmagan muqobil qarashlarni yoritishga bel bog'laganini aytadi.

Axborot kanali uchun ma'lumotlarni "Rossiya Segodnya" axborot agentligi yetkazib beradi. Agentlikka G'arbga qarshi qarashlari bilan tanilgan hamda Kreml siyosatining qo'llab-quvvatlovchisi sifatida ko'riladigan Dmitriy Kiselyov rahbarlik qiladi.

Kiselyovning "Sputnik" saytiga qo'yilgan bayonotidan ham G'arbni qoralovchi fikrlar o'rin olgan.

"G'arbga ham, Sharqqa ham o'z xohishini o'tkazadigan davlatlar bor. Har doim ular aralashganda, qon to'kilishlar, fuqarolar urushlari hamda rangli inqiloblar yuz beradi. Davlatlar qulaydi. Iroq, Liviya, Gruziya, Ukraina va Suriya bularning ayrimlari, xolos", - deydi Kiselyov.

"Sputnik" dunyoning 30 mamlakatida, jumladan, Vashingtonda idora ochib, ularning har biri uchun 30 tadan 100 tagacha xodim yollashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG