Breaking News

Stalingrad jangi haqidagi film "Oskar" mukofotiga taqdim etiladi


Stalingrad jangi haqida badiiy film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00
Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Ittifoqi qariyb 20 million odamini boy began. Bu mamlakat jami aholisining 15 foizi edi. Yaqinda katta ekranga chiqarilgan “Stalingrad” filmi o’sha davr hayotini jonli ifoda etgani bilan tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozondi.
Gitler va Stalin o’rtasidagi ayovsiz duel sifatida tarixga kirgan Stalingrad jangiga 70 yil to’ldi.Rossiyaning yosh avlodi bugun Stalingrad jangiga oid yangi filmni maroq bilan tomosha qilmoqda.

Moskvadagi kinoteatrlardan birida filmni tomosha qilgan Kseniya o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashadi:

“Xudoga shukur, o’sha paytda tug’ilmaganman, u kunlarni ko’rmaganman. Ammo filmdagi qahramonlarni ko’rib, xuddi ular bilan birga yashayotdek his qildim o’zimni”, - deydi u.

Oktabrda katta ekranga chiqqan film Sovet Ittifoqi qulaganidan beri eng ko’p daromad keltirgan kinoga aylandi.

Mart oyida u AQSh Kino akademiyasining “Oskar” mukofoti uchun eng yaxshi xorijiy film nominatsiyasiga taqdim etilishi kutilyapti.

Stalingrad jangida sovetlar g’alaba qozongan, ammo behisob qurbonlar berilgan. Har ikki tomondan jami ikki million odam o’lgan. Shu bois u insoniyat tarixidagi eng qonli jang hisoblanadi.

Kinomunaqqid Sergey Levrentyevning aytishicha, filmning yaxshi tomoshabin yiqqani rossiyaliklarning Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga hurmati baland ekanini ko’rsatadi.

“Kinoteatrdagi tomoshabinlarning aksariyatini tashkil etuvchi yoshlar uchun bu butunlay yangilik. Ular hech qachon urush haqida sovet filmlarini ko’rmagan. Bu urushning rus xalqi uchun, sovet xalqi uchun qanchalar yomon bo’lganini tasavvur ham qilisha olmaydi”, - deydi u.

“Stalingrad” uch o’lchamli “Aymaks” kinoteatri uchun mo’ljallab ishlangan birinchi rus filmi. Moskvalik Katya maxsus effektlarni yoqtirganini aytadi.

“Film menga juda yoqdi. Uni yaxshi ishlashgan. Aktyorlar ham mahorat bilan o’ynagan. Yuragingizgacha yetib boradi, chunki unda butun kuchimiz va tariximiz aks

Filmni suratga olish uchun ketgan 30 million dollarning barchasi hukumat tomonidan qoplandi. Bu Rossiya tarixini ijobiy ko’rsatuvchi zamonaviy filmlarni yaratishga qaratilgan davlat siyosatining bir qismi.

Bugun Stalingrad shahri Volgograd deb ataladi. Dahshatli jangda yer bilan bitta qilingan shahar urushdan so’ng butunlay qayta qurilgan.

Shahar markazida urush davriga atab bunyod etilgan katta yodgorlik – Ona vatan haykali qad ko’targan. 1967-yil Sovet hukumati tomonidan qurilgan haykal o’sha paytda dunyodagi eng katta monument bo’lgan.

Lekin 8000 tonnalik haykal bugun ta’mirga muhtoj. Shahar fuqarolarining aytishicha, hukumat bitta kino uchun millionlab dollar sarflagandan keyin, endi urush ko’rgan shaharning haqiqiy ramzi bo’lgan haykalni ta’mirlashga pul ajratishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG