Breaking News

Korrupsiyaga qarshi kurash tub o’zgarishlar talab qiladi


Putin qayta saylanganiga qarshi namoyishlar
Putin qayta saylanganiga qarshi namoyishlar
“Transparency International” xalqaro tashkilotining dunyoda poraxo’rlik darajasiga bag’ishlangan yangi hisobotiga ko’ra, Rossiya 174 davlat orasida 133-o’rinni egallagan. Kremlning bildirishicha, korrupsiyaga qarshi kurash avjida. Lekin ekspertlar fikricha bu illatdan bir necha rasmiyni qamoqqa tashlash bilan qutula olmaysiz.

Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurash? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00
Yuklab oling

“Transparency International” dunyo bo’ylab yulg’ichlik hollarini o’rganadi va oshkoralikni targ’ib qilib keladi.

Tashkilotning Rossiya bo’yicha bosh mutaxassisi Anton Pominov deydiki, sobiq Sovet respublikalarida korrupsiyaning har bir turini uchratish mumkin.

“Kichik miqdordagi poradan tortib mansabni suiste’mol qilish hollarigacha, hammasi bor. O’rta darajadagi korrupsiya va keng ko’lamli siyosiy korrupsiya degan bo’lardim”.

Rossya ahli o’tgan yilgi parlament saylovlari va bu yili mart oyida Vladimir Putinning prezidentlikka qayta saylanishini Sovet Ittifoqi parchalanganidan buyon eng yirik korrupsiya holatlari deb norozilik bildirib keladi.

Minglab odam Putinning Kremlga qaytishiga qarshi chiqdi. Uni o’z siyosiy va moliyaviy manfaatlarini ko’zlagan holda hokimiyat cho’qqisida turganlikda ayblashadi.

Rasmiylar esa bunday ayblovlarni asossiz deb, korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan.

So’nggi oylarda qator tergov ishlari boshlandi. Noyabrda, masalan, bosh prokuratura Mudofaa vazirligiga qarshi jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. Vazirlik, ma’lumotlarga ko’ra, harbiy jihozlarni bozor narxidan pastroq narxda sotgan. Mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov lavozimidan ketdi.

"Transparency International" tashkilotining korruptsiya xaritasi, 2012
"Transparency International" tashkilotining korruptsiya xaritasi, 2012

Moskvadan tahlilchi Masha Lipman:

“Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashdan ne foyda? Tergov tugab, kim aybdor ekani aniqlangach ham hech kim jazolanmaydi”, - deydi u.

Pominov ham bu fikrga qo’shiladi. Qancha tergov ishi ochilmasin, adolat qaror topmaydi, deydi u.

“Odamlarni haqiqiy o’zgarish ro’y berayotganiga ishontirish uchun jazolash masalasini ko’rib chiqish kerak. Rasmiylar ayblanib, tergov boshlansa-da, hech kim jazolanmasa, demak bu korrupsiyaga qarshi kurash emas, siyosiy o’yin. Kim va qanday lavozimda bo’lishiga qaramay, jinoyat isbotlansa, jazolanishi kerak”.
Rossiyada siyosiy-ijtimoiy mentalitet o’zgarmas ekan, korrupsiya odatiy hol bo’lib qolaveradi. Xuddi shu narsa sobiq ittifoqdagi boshqa barcha jamiyatlarga ham tegishli, deydi ekspertlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG