Breaking News

Rossiya prokuraturasi rokchi qizlar uchun uch yil so'rayapti


Ayollar cherkovni xafa qilgani uchun kechirim so’ragan. Putinga qarshi qo’shiq aytib, o’z fikr, qarashlarimizni ochiq bildirmoqchi edik, xolos, deydi ular.
Ayollar cherkovni xafa qilgani uchun kechirim so’ragan. Putinga qarshi qo’shiq aytib, o’z fikr, qarashlarimizni ochiq bildirmoqchi edik, xolos, deydi ular.
Rossiya Bosh prokuraturasi bezorilik, prezident Vladimir Putinni haqorat qilganlikda ayblanib sud qilinayotgan ansambl a’zolarini uch yilga qamashni so’ramoqda.

Prokuror Aleksey Nikiforovning aytishicha, 22 yoshli Nadejda Tolokonnikova, 24 yoshli Mariya Alyoxina va 29 yoshli Yekaterina Samutsevich Moskvadagi cherkovga kirib, haqoratomuz qo’shiqlar kuylagan va raqsga tushib, din ahlining shaxsiyatini pastga urgan.



Nikiforov nazarida ularning harakatlari diniy nafrat deb ko’rilishi mumkin.

Hibsdagilar ushbu da’volarni butkul rad etadi. Sud ularni aybdor topsa, avvaliga yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi aytilgan edi.

Ijodkor ayollar cherkovni xafa qilgani uchun kechirim so’ragan. Putinga qarshi qo’shiq aytib, o’z fikr, qarashlarimizni ochiq bildirmoqchi edik, xolos, deydi ular.

Advokat Mark Feygin so’zlariga ko’ra, kechirim so’rashdan foyda yo’q, chunki guruh a’zolarini aybdor topishga kelishib bo’lingan. Bu orada, prezident Putin javobgarlarga muruvvat ko’rsatishga da’vat etmoqda.

Feygin fikricha:

“Sud prokuratura tomonida. Ayollar aybdor topilib, tezda koloniyaga jo’natilishi ehtimoldan xoli emas. Putinning bayonoti esa jamoatchilik orasida norozilik kayfiyatini tinchlantirishga qaratilgan”, - deydi advokat.

Tergov ishi jahonda aks-sado bergan. Putin shu tariqa muxolifat, erkin fikrni bo’g’moqda, degan tanqidlar yangramoqda.

Hukm 17-avgustda ma’lum bo’ladi. Oppozitsiya keng ko’lamli namoyishlarga taraddud ko’ra boshlagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG