Breaking News

Ukraina Rossiya gazini o’z hududi orqali Yevropaga o’tkazishni to’xtatdi


Rossiya bilan Ukraina o’rtasida tabiiy gazni Yevropaga tranzit qilish haqidagi besh yillik kelishuv o’z nihoyasiga yetib yangilanmagach, yangi yildan Yevropa Rossiya gazisiz qoldi.

Xalqaro hayot - 1-yanvar, 2025-yil - Ukraina Rossiya gazini o’z hududi orqali Yevropaga o’tkazishni to’xtatdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:52 0:00

Ukraina tarafi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Sovet paytidan beri Yevropani yoqilg’i bilan ta’minlab kelgan quvur yopildi.

Ukraina Energetika vaziri German Galushchenko buni tarixiy voqea deb atadi.

“Rossiya bozorlarni yo’qotmoqda, moliyaviy yo’qotishlardan zarar ko’radi”, deydi rasmiy.

Ikki davlat o’rtasida salkam uch yildan beri urush bo’layotganiga qaramay, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy dekabr oyida tranzit kelishuvini uzaytirishga tayyor ekanini, biroq to’lovlar urush tugamaguncha amalga oshirilmasligini aytgan.

Avval Sovet Ittifoqi, so’ng Rossiya yarim asr davomida Yevropa gaz bozorining eng yirik hissadori edi. Bir vaqtlar bozorni 35 foizgacha gaz bilan ta’minlagan Rossiyaning ulushi hozir 8 foizga tushdi.

Rossiyaning Yevropa tomon yotqizilgan aksariyat quvurlari urush sabab yopilgan. Boltiq dengizi ostidan o’tkazilgan “Shimoliy oqim” quvuri 2022-yilda portlatilgan.

Ukraina orqali rus gazi yaqingacha Avstriya va Slovakiyaga o’tayotgan edi.

Ukraina tranzit uchun yiliga 800 million dollar atrofida daromad ko’rgan. “Gazprom”ning yo’qotishlari 5 milliard dollarga baholanmoqda.

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso gaz tranziti shartnomasining bekor qilinishi ko’proq Yevropa Ittifoqiga salbiy ta’sir qilishini aytdi.

Unga ko’ra, Slovakiya endi gazni boshqa joydan qimmatroq narxga sotib olishga majbur bo’ladi, qit’ada gaz va elektr quvvati qimmatlashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG