Breaking News

Rossiya va Ukraina bir-birini yadro inshootiga hujumda ayblayapti


Zaporojye atom elektrostansiyasi
Zaporojye atom elektrostansiyasi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani Zaporojyedagi atom elektrostansiyasiga hujumda ayblayapti. Vazirlik so’zlovchisi Igor Konashenkovning aytishicha, stansiyaning artilleriyadan nishonga olinishi oqibatida Xerson va Zaporojye viloyatlarini elektr quvvati bilan ta’minlovchi yuqori voltli liniya zarar ko’rgan, natijada ikkita energoblokning quvvati kamaytirilgan.

Xalqaro hayot - 8-avgust, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:54 0:00

Ukraina tarafining da’vo qilishicha esa, atom elektrostansiyasini Rossiyaning o’zi nishonga olgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani “yadro terror”ida ayblab, uni qo’shimcha sanksiyalar bilan jazolashga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Energodar shahridagi stansiyadagi vaziyatni baholash uchun xalqaro inspektorlarni u yerga kiritishni so’rayapti.

Bugun Yaponiyaga borgan Guterrishning aytishicha, yadro stansiyasiga hujum xudkushlik bilan teng.

Rus qo’shinlari Energodarni mart boshida ishg’ol qilgan, biroq stansiyaga ukrain mutaxassislari xizmat ko’rsatmoqda.

"Energodar shahri ham, elektrostansiya ham qum ustida qurilgan. Mayda kalibrli snaryad portlashlari ham qumning ko’chishiga olib kelishi mumkin”, - deyd mahalliy faol Vladimir Martinyuk.

"Yevropadagi eng yirik atom elektrostansiyasiga hujumlardan xavotirdamiz, yadroviy fojia xavfi bilan yuzlashyapmiz”, - deydi Atom energiyasi bo’yicha xalqaro boshqarma bosh direktori Rafael Mariano.

Bugun Zaporojye oblasti faollari Rossiyaga qo’shilish bo’yicha referendum o’tkazishga qaror qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG