Breaking News

Rossiyaning Ukraina bilan ziddiyati Turkiya bilan aloqalariga qanday ta'sir ko'rsatadi?


Erdog'an va Putin. Arxiv surat
Erdog'an va Putin. Arxiv surat

Ukraina va Rossiya o’rtasida taranglikning kuchayishi Turkiyani qiyin ahvolga solib qo’ydi. Rossiyaning koronavirusdan vaksinasiga mijozlardan biri bo’lgan Anqara turizm sohasida ham rossiyalik sayyohlarga muhtoj. Ukraina esa Turkiyadan harbiy dronlar sotib olishga umid qilmoqda. Shunga qaramasdan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga tashrifi chog’ida Rajab Toyib Erdog’an bu mamlakatni qo’llab-quvvatladi.

Xalqaro hayot – 14-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00

"Ukraina suvereniteti va hududiy daxlsizligini himoya qilib kelganmiz”, - dedi u.

Ikki mamlakat o’rtasida mudofaa bitimi mavjud va Kiyev ana shu shartnoma asosida Turkiyadan dronlar sotib olmoqchi.

“Turk dronlarining Suriya, Liviya va Tog’li-Qorabog’dagi faoliyati Ukrainaga ularni Donbass kabi muhim joylarda qo’llashga turtki bo’ldi”, - deydi tahlilchi Arda Mevluto’g’li.

Ozarbayjon Turkiyaning “Bayraktar” yoki “Bayroqdor” dronlarini o’tgan yili Tog’li Qorabog’da Armaniston kuchlariga qarshi samarali qo’llab, jang maydonida jiddiy ustunlikka ega bo’ldi.

Biroq bu dronlarning Donbassda qo’llanilishi Turkiyaning Rossiya bilan aloqalariga putur yetkazishi mumkin.

“Agar ukrainaliklar turk dronlarini rus avtomobillari, yuk mashinalari yoki boshqa texnikasiga qarshi qo’llasa, muammoga duch kelamiz. Turkiya yana 25 ta dron sotadiganga o’xshaydi. Bitim tayyor”, - deydi Tashqi siyosat instituti direktori Husayn Bog’chi.

Dushanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Anqarani Ukrainaga qo’shimcha qurol sotmaslikka chaqirdi.

Bu o’rtada Rossiya koronavirus tarqalayotganiga ishora qilib, Turkiyaga aksariyat reyslarni va sayyohlik oqimini to’xtatib qo’ydi. Ba’zi kuzatuvchilar buni Anqaraga bosim sifatida ko’rmoqda.

Pandemiya Turkiya va Rossiya munosabatlarining murakkabligini oshkor etdi. Anqara vaksina yetishmovchiligi bilan yuzlashar ekan, Rossiya bilan vaksina ta’minoti va hatto rus vaksinasini Turkiyada ishlab chiqarish xususida gaplashmoqda.

“Moskva va Anqara o’z munosabatlarida mojarolarni hazm qila olishini ko’rdik. Hamkorlik ko’p qatlamli bo’lgani uchun Turkiyaning Ukraina bilan harbiy hamkorligi kabi kichik bir vaziyatdan ustundir”, - deydi Bonn universitetidan mutaxassis Zaur Gasimov.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Rossiya vaksina hamkorligi vositasida Turkiyaga Ukraina masalasida bosim qo’yishda, vaksina va sayyohlarni jazo va mukofot sifatida qo’llashda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG