AQSh Davlat kotibining qurollar nazorati bo'yicha o'rinbosari Ellen Tasherning aytishicha, Rossiya Amerikaning Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimi borasida xavotirlanmasligi uchun Qo'shma Shtatlar rasmiy hujjatda tizimning Rossiyaga qarshi qaratilmaganini tasdiqlashga tayyor.
"Biz bu masala bo'yicha Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirishimiz kerak, ya'ni tizimga doir texnik ma'lumot almashib, Rossiya tashvishlariga barham berish lozim", - deydi Tasher.
Kreml AQSh va NATOning bu rejasiga norozilik bildirib keladi. Qo'shma Shtatlar mudofaa tizimi Eron va Shimoliy Koreyaning ehtimoliy raketa hujumlaridan ehtiyot chora desa, Rossiya G'arb davlatlari uning hujum salohiyatini tushirishni ko'zlab, qurollar poygasini avj oldirishi mumkin, deydi.