Breaking News

Rossiya AQShni yana ichki ishlarga aralashayotganlikda ayblamoqda


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonni mamlakatning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblamoqda. Bu yang tanqid emas.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 30-mart, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:18 0:00
Yuklab oling

Kremlning da’vosi shuki, Amerika turli nohukumat tashkilotlarni noqonuniy ravishda moliyalab, ularga federal qonunlarni qanday chetlab o’tish yo’llarini o’rgatmoqda.

AQSh Davlat departamenti Moskvada qator xalqaro tashkilotlar, xususan inson huquqlari bilan shug’ullanadigan Xalqaro Amnistiya va “Human Rights Watch” idoralari tintuv qilinganini qoralab, Kremlni fuqaro jamiyati erkin faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratishga chaqirgan edi.

O’tgan yili Rossiyada qabul qilingan qonunga ko’ra, chet eldan mablag’ olgan mahalliy tashkilotlar xorijiy agentlar sifatida ko’riladi va sudga tortilishi kerak.

Amerika huquq va demokratiya targ’iboti yo’lida turli muassasalarga yordamlashadi va o’z tashkilotlarini himoya qiladi, deydi Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland.

Mavjud qonunlar buzilmaydi va yuqoridagi kabi asossiz bahonalar bilan turli uyushma va markazlarga bostirib kirib, ularning ishchilarini nishonga olish aslida xalqaro qonunlarga zid, deydi AQSh diplomatlari.

Kremlning gumoni shuki, Amerika nohukumat tashkilotlarga pul berib, odamlar orasida hukumatga qarshilikni kuchaytirishga, muxolifatni moylab, tuzumni o’zgartirishga urinmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG