Rossiya Federal xavfsizlik xizmati razvedka xodimini yollashga urinayotgan AQSh fuqarosini qo’lga olgani haqida ma’lum qildi.
Rossiya tomoniga ko’ra, Rayan Fogl ismli bu odam AQSh elchixonasining siyosiy bo'limida uchinchi kotibi va Markaziy razvedka boshqarmasining agentidir.
Federal xavfsizlik xizmati Foglning yonidan rossiyaliklarni AQSh razvedkasiga yollash bo’yicha ko’rsatma chiqqanini, unda ismi oshkor etilmayotgan rus agentiga maxfiy ma’lumotlar uchun bir million dollargacha mukofot puli berilishi yozilganini aytmoqda.
AQSh elchixonasi xodimlaridan birining hibsga olinib, so'roq qilinganini, so'ng esa ozod etilganini tasdiqlab, bundan ortiq ma'lumot bermagan.
Elchi Maykl Makfol tushuntirish uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.
Vazirlik chiqargan bayonotda aytilishicha, AQSh va Rossiya prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib turgan bir paytda Sovuq urush ruhidagi bunday provokatsion harakatlar o'zaro ishonchni yemiradi.
Rossiya Rayan Fogldan darhol mamlakatni tark etishni talab qilgan.