Breaking News

Putin: AQSh Kongressi STARTni ma'qullamasa, "ahmoqlik" bo'ladi


Putin: AQSh Kongressi STARTni ma'qullamasa, "ahmoqlik" bo'ladi
Putin: AQSh Kongressi STARTni ma'qullamasa, "ahmoqlik" bo'ladi

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin fikricha, strategik qurollarni kamaytirish haqidagi bitim (START) AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanmasa, uning davlati atom arsenalini kuchaytirishga majbur bo’ladi.

Putin CNN telekanaliga bergan intervyusida Amerikani bu haqda ogohlantirib, prezidentlar shu yilning aprel oyida Pragada imzolagan hujjat chetga surilsa, “g’irt ahmoqona harakat bo’ladi” dedi.

“Yangi bitim o’z manfaatingizni ko’zlashini unutmang”,- deydi Rossiya bosh vaziri AQSh siyosatchilariga murojaat qilar ekan.

Yangi bitimga binoan ikki davlat o’z arsenalini 30 foizga kamaytiradi. Ma’lumki, AQSh va Rossiya dunyoda mavjud yadroviy qurollarning 90 foizdan oshig’iga egalik qiladi.

Prezident Obama Oq Uyda respublikachi qonunchilar bilan uchrashuvda
Prezident Obama Oq Uyda respublikachi qonunchilar bilan uchrashuvda

Kecha Oq Uyda qonunchilar bilan uchrashgan prezident Barak Obama fikricha Kongress bu hujjatni tezlikda qabul qilishi kerak.

Oq Uy matbuot kotibi Robert Gibbsning aytishicha, AQSh va Rossiya o’tgan ikki yilda ko’plab masalalarda kelishuvga erishgan, nafaqat strategik qurollarni kamaytirish balki global xavfsizlikni ta’minlash va NATO doirasida hamkorlik qilish xususida ham. Vashington Kreml u bilan Eron va Shimoliy Koreyaning atom maqsadlariga qarshi chora ko’rishgda bir yoqadan bosh chiqaradi degan umidda.

Qolaversa Qo’shma Shtatlar Yevropada yangi mudofaa tizimlari o’rnatish yuzasidan ham Kreml bilan hisoblashgan holda ish tutmoqchi.

Kongressda bu siyosatga qarshi chiqayotganlar, Rossiyaga shubha bilan qaraydiganlar ko’p.

“Rossiya AQSh uning siyosiy hamkori bo’lishga tayyor ekanini tushunishi kerak”,- deydi Oq Uy matbuot kotibi.

Bu bilan Amerika Rossiya rahbariyatidan masalaga sabr bilan yondashishni, xulosa qilishga shoshmaslikni so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG