Breaking News

Rossiya koronavirusga qarshi millionlab vaksinani chiqarmoqchi


Rossiya yil oxirigacha koronavirusga qarshi yaqinda yaratilgan eksperimental vaksinaning 30 million donasini ishlab chiqarmoqchi, so’ng eksport uchun yana 170 million dona.

Xalqaro hayot – 17-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:57 0:00

38 ko’ngillidan iborat guruh ishtirokida o’tgan bir oylik sinov shu hafta yakunlandi. Tadqiqotchilarning xulosa qilishicha, vaksina xavfsiz va virusga qarshi immunitetni kuchaytiradi.

Avgust oyida sinovlarning 3-bosqichi o’tkaziladi va unda bir necha ming odamning qatnashishi kutilmoqda. Sinovlarning bir qismi Rossiya, qolgani esa Yaqin Sharqning ikki mamlakatida o’tkaziladi. Ayni paytda Saudiya Arabistoni bilan bu borada muloqot kechayotgani aytilmoqda.

Pandemiyani to’xtatish maqsadida dunyo bo’ylab 100 dan ortiq vaksina ustida izlanishlar ketmoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, kamida ikkitasi hozir 3-bosqichdan o’tmoqda – biri Xitoyning “Sinofarm” kompaniyasi tomonidan, ikkinchisi esa “AstraSeneka” kompaniyasi va Oksford universiteti bilan hamkorlikda.

Bu o'rtada Britaniyaning Milliy kiberxavfsizlik markaziga ko’ra, Rossiyaga qarashli xakerlar vaksina ustida izlanish olib borayotgan dunyodagi ilmiy markazlar va farmatsevtika kompaniyalaridan ma’lumot o’g’irlashga harakat qilmoqda.

Rossiya razvedkasini bu ishda AQSh va Kanada ham ayblayapti. Ularga ko’ra, AQShda 2016-yil prezident saylovlaridan oldin Demokratik partiyaning serverlariga kirib ma’lumot o’g’irlagan guruh hozir vaksina izlanishlariga doir ma’lumotlar ketiga tushgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bunday harakatlarni qoraladi.

Kreml ayblovlarni inkor etarkan, ularga dalil yo’qligini ta’kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG