Breaking News

Rossiyada ayollar huquqlari bobida o'zgarishga umid bormi?


Rossiyalik ayollar
Rossiyalik ayollar

Rossiyada to’rt jurnalist ayol bir qonunchini shilqimlikda ayblaganidan so’ng Davlat Dumasining Axloq qo’mitasi da’volarni taftish qilishdan bosh tortib, bu qonunchining xulqida noqonuniy harakatlarni topmagach, 30 dan ziyod matbuot organi Dumadagi muxbirlarini chaqirib oldi. AQSh va G’arbda jinsiy tegajog’likka qarshi kampaniya kuchayar ekan, Rossiyada bu borada ahvol qanday?

Xalqaro hayot - 30-mart, 2018-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Da’vogar ayollarning aytishicha, Rossiya parlamentining quyi palatasida Tashqi ishlar qo’mitasi raisi Leonid Slutskiy ularni ushlagan, jinsiy aloqaga kirishishga undagan. Axloq bo’yicha qo’mita voqeani taftish qilishdan bosh tortib, ayollarning o’zlarini nomaqbul xulqda ayblagach, “Exo Moskvi” radiostansiyasi va boshqa matbuot organlari Dumaga boykot e’lon qildi.

“Biz qonunchiga qarshi da’vo qilgan ayollar bilan birdamlik tamoyili asosida shunday qarorga keldik”, - deydi stansiya vakili Olga Bichkova.

Ba’zi qonunchilarning aytishicha, muxbirlar xulq-atvorlariga diqqat qilishlari, agar ko’ngillari xushomadni ko’tara olmasa, boshqa ishga o’tishlari kerak.

Gollivudda o’xshash da’volardan so’ng taniqli prodyuser Xarvi Vaynstaynga hech kim qo’l uzatmay qo’ydi. Slutskiyning taqdiri qanday bo’lishi hozircha noma’lum.

Duma yonida joylashgan bar egasi Andrey Demchenko Axloq qo’mitasi qarorini qo’llab-quvvatlagan qonunchilar va ularning xodimlariga xizmat ko’rsatishdan bosh tortmoqda.

“Mijozlarimizning salkam 99 foizi bu ishimizni ma’qulladi. Buni internetdagi izohlardan bildik. Bunday bo’lishini kutmagan edik ochig’i. Xursandmiz”, - deydi u.

Ayollar huquqlari faoli Anna Rivinaning aytishicha, Slutskiyga qarshi ayblovlarning bekor qilingani Rossiya jamiyatidagi ijtimoiy va madaniy muammolardan dalolat. Unga ko’ra, rossiyalik ayollar erkaklarga itoatkorroq bo’lib, taqdirga tan berib yashashadi.

“Uydagi zo’ravonlik, jinsiy zo’rlash, ishda shilqimlik holatlari – bularning barchasi bir-biriga bog’liq”, - deydi Rivina.

Ba’zi siyosatchilar Slutskiy bilan bog’liq vaziyatda uni tanqid qilib, qonunchidan uzoqlashishga qaror qildi. Ijtimoiy faol Alyona Popova qozon yopiqligicha qolmaydi degan umidda.

“O’ylashimcha, hali ko’p narsalar o’zgaradi. Hatto bunga aminman”, - deydi u.

Faollarning aytishicha, parlament Slutskiyning harakatlariga ko’z yumgani jamiyat tomonidan qoralanmoqda. Tegajog’likka qarshi kampaniya ko’lami AQSh va G’arbdagichalik bo’lmasa-da, Rossiyada bu muammoga diqqat qaratilayotganining o’zi ijobiy hol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG