Rossiya rasmiylarining aytishicha, rus yo'lovchi samolyoti Misrda halokatga uchrashi ortida tashqi sabablar turibdi. Samolyot yerga tushmasdan oldin parchalanib ketgani aytiladi.
224 kishi ketayotgan yo'lovchi layneri shanba kuni Sinay yarimoroli uzra qulagan. Kogalimaviya aviakompaniyasining samolyoti Misrdan Sankt-Peterburgga uchayotgan bo'lgan.
Kompaniya rasmiylarining ta'kidlashicha, layner to'satdan qulay boshlagan, goyoki unga tashqaridan ziyon qilinganday. Texnik nosozlik bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydi mutasaddilar.
Yo'lovchilarning deyarli barchasi Misrda dam olib qaytayotgan rossiyalik sayyohlar va yana uch ukrainalik bo'lgani ma'lum.