Breaking News

Saudiya Arabistoni ayollari haydovchilik guvohnomasi olishi mumkin


Saudiya Arabistoni shu paytgacha ayollarga mashina haydash mumkin bo’lmagan yagona davlat edi. 24-iyundan boshlab eski qoidalarga barham berildi.

Saudiya Arabistoni xotin-qizlari ko’zlangan manzilga borishda faqatgina erkak qarindoshlari, yoki maxsus taksilarga tobe edi. Endi esa boshqa davlatdan, jumladan Britaniya, Livan, Kanadadan olingan haydovchilik guvohnomalari ham tan olinyapti. Ayollar qisqa imtihon topshirib, mahalliy guvohnomani olishi mumkin.

Saudiya Arabistonidagi aksar ayollarda haydovchilik guvohnomasi yo’q. Chunki ular uchun kurslar ochilganiga endigina bir necha oy bo’ldi.

Ayollarning mashina boshqarishi Saudiya Arabistoni madaniyatiga zid deb qaralarkan, so’rovlar shuni ko’rsatmoqdaki, aksar xotin-qizlar hali bir to’xtamga kelmagan. Ayrimlar xursand, lekin shu bilan birga madaniyatiga hurmatsizlik qilganday o’zini his qiladi. Ular bu o’zgarishga ko’nikish uchun biroz vaqt kerakligini aytmoqda.

Saudiya Arabistoni ayollari
Saudiya Arabistoni ayollari

Yangi qoidalarga ko’ra, ayollar haydochilik guvohnomasini olish uchun erkak qarindoshlaridan rozilik olishi shart emas. Mashinani o’zi, yolg’iz haydashi ham mumkin.

Lekin ta’lim olish, ishlash, turmushga chiqish, tibbiy muolaja olish kabi masalalarda hamon er yoki erkak qarindoshning ruxsati kerak. Bu sistema tubdan o’zgarishi kerak deb chiqqan bir necha ayol yaqinda hibsga olingan va ishi ko’rib chiqilyapti. Ular sud qilinishi ham mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG