Breaking News

Saudiya Arabistonida aholi COVID-19 ga qarshi emlanmoqda, falastinliklar martgacha kutadi


Saudiya Arabistoni AQSh va Britaniya ketidan “Pfayzer” va “Biontek” kompaniyalari koronavirusga qarshi ishlab chiqargan vaksinani aholiga taklif eta boshladi.

Xalqaro hayot – 18-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:39 0:00

Mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Tavfiq al-Rabiyaning aytishicha, vaksinaning xavfsizligiga shubha yo’q, qirollikning 34 million aholisi bepul ravishda emlanadi.

Birinchi navbatda tibbiy xizmatchilar, yoshi 65 dan ulug’ lar, salomatligi zaif, jumladan servazn insonlarga xizmat ko’rsatiladi.

Vazir mamlakatga qancha vaksina yetkazilganini aytmadi, biroq bir yil ichida aholining kamida 70 foizi emlanishi ma’lum.

Saudiya Arabistonida 360 mingdan ziyod koronavirus bemori qayd etilgan, salkam 6100 odam o’lgan.

Isroilda 19-dekabrdan boshlab aholi koronavirusga qarshi emlanadi, biroq Isroil istilosidagi G’arbiy Sohil va G’azo Sektorida yashovchi falastinliklar bunday imkoniyatdan mahrum. Falastin rahbarlari xalqaro tashkilotlar, farmatsevtika kompaniyalari, Rossiya va Xitoy kabi vaksina ishlab chiqargan davlatlarga yordam uchun murojaat qilgan.

Biroq moliyaviy ahvoli chatoq Falastin hukumatida xususiy kompaniyalardan vaksina sotib olishga pul yo’q. Isroil esa o’z aholisi uchun millionlab vaksinaga buyurtma bergan hamda o’z vaksinasi ustida ishlamoqda.

“Falastinliklarni ommaviy emlashga yetadigan vaksina olishimizga oylab vaqt ketadi”, - deydi Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye.

Muxtoriyat vaksinaning 20 foizini Jahon sog’liqni saqlash tashkilotidan olishga umid qilmoqda, qolgani esa donor davlatlar bergan pul hisobiga olinadi.

Vaksinaning birinchi partiyasi Falastinga mart oyida yetkazilishi aytilmoqda.

Isroil sog’liqni saqlash vaziri muovini Yoav Kishning aytishicha, Isroil aholisini emlab bo’lganidan keyin vaksina ortib qolsa, Falastinga yordam berish masalasi ko’rib chiqiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG