Saudiya Arabistonining Makka shahrida Masjid-al-Harom ustiga qurilish kranlaridan biri qulab tushgan. Natijada 107 kishi o'lgan, 200 dan ortiq odam jarohatlangan.
Guvohlarning aytishicha, kran mahalliy vaqt bilan 17:45 da masjidning uchinchi qavatini bosib qolgan. Bu payt 18:30 dagi namozga tayyorlanish uchun masjid odamlar bilan gavjum bo'lgan. Kranning qulashiga yomon ob-havo sabab bo'lgani aytilmoqda.
Fojea masjid atrofini kengaytirish bo'yicha qurilish ishlari ketayotgan bir paytda ro'y bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda masjidning vayron bo'lgan qismi va halok bo'lgan odamlar hamda yaradorlarni ko'rish mumkin.
Shu oy oxirida Makkada muqaddas haj safari boshlanishi kerak. Ushbu ziyoratda har yili butun dunyodan bir necha million musulmon ishtirok etadi.