Breaking News

Savitskiy muzeyi rahbari nega ishdan olindi? Hozircha mavhum


Savitskiy muzeyi rahbari bilan suhbat/Savitsky Museum in Nukus
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:41 0:00

Savitskiy muzeyi rahbari bilan suhbat/Savitsky Museum in Nukus

O'zbekistonning dunyoga dong'iga ketgan muzeyi rahbari Marinika Babanazarova kutilmaganda ishdan olingan. Nukusdan olingan ma'lumotlarga ko'ra, bu maskanning barcha xodimlari Toshkentdan kelgan buyruqni tanqid qilib, markazga xat yo'llagan.

Babanazarova o'nlab yillardan beri boshqarib kelayotgan dargoh rasman Qoraqalpoq Davlat san'at muzeyi deyilsa, xalqaro miqyosda uni Savitskiy kolleksiyasi, deyishadi. Chunki bu yerda rus avangard tasviriy san'atining ikkinchi eng yirik to'plami - Igor Savitskiy xizmati bilan saqlab qolingan durdonalar joylashgan. Asarlarning umumiy bahosi balki yuzlab million dollarga tengdir.

Zodagonlar oilasidan chiqqan Igor Savitskiy bolsheviklar bosimidan qochib, Qoraqalpog'iston dashtliklariga boradi. Tabiatan san'at, tarix va arxeologiya shinavandasi bo'lgan bu shaxs Sovet mafkurasiga to'g'ri kelmaydigan nodir asarlarni to'playdi. Kommunist tuzumning qora ro'yxatidagi tanqidchi rassomlarning ishlarini yashirin tarzda yig'adi. Savitskiyning o'zi ham musavvir bo'lgan, biroq keyinchalik asosan kolleksionerlik bilan shug'ullangan. 1915-yilda Kiyevda dunyoga kelgan bu inson 1984-yilda Moskvada jon bergan.

Marinika Babanazarova o'shanda 29 yoshda edi va shundan beri Savitskiydan qolgan muzeyga direktorlik qilib keladi. Babanazarova mashhur qoraqalpoq olimi Marat Nurmuhammedovning qizi. Uni muzeyga ishga shaxsan Igor Savitskiy 1983-yilda taklif qilgan.

Marinika Babanazarova, Savitskiy kolleksiyasi O'zbekiston xalqiniki, deb keladi
Marinika Babanazarova, Savitskiy kolleksiyasi O'zbekiston xalqiniki, deb keladi

"Amerika Ovozi" bilan suhbatlarda Marinika Babanazarova bebaho durdonalarni asrab-avaylash katta mehnat, bilim va tajriba talab etishini eslatib, bu ishga butun umrini bag'ishlaganini aytib o'tgan. Bu kolleksiya O'zbekiston xalqining mulki, deb keladi u.

Babanazarova AQShda bir necha bor bo'lib, ma'ruzalar o'qigan va ilmiy ishlarini taqdim etgan. Savitskiy muzeyi haqida G'arb ijodkorlari ishlagan hujjatli filmlar namoyishida ham qatnashib, o'z munosabatini bildirgan.

Babanazarova siyosiy jihatdan juda ehtiyotkorligi bilan ham tanilgan. Toshkent bilan aloqalari mustahkam ekani aytilar edi. Amaldagi siyosatni tanqid qilmas edi.

24-avgust kuni kutilmaganda nima uchun ishdan olingani tushuntirilmagan. Shunisi aniqki, kolleksiyaning 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ketayotgan edi. Babanazarova bilan bog'lanib bo'lmadi. Tegishli organlardan ham bayonot yo'q.

Quyida muzey xodimlari tarqatgan hujjatlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG