Qozog’istonda Markaziy Osiyoning qadimiy markazlaridan hisoblangan Sayram shahrining bir qismini Chimkent shahriga qo’shib olish haqida xabarlar tarqalgan. Shu yerda istiqomat qiluvchi mahalliy o’zbeklar bundan xavotirda. Ularning aytishicha, Qozog’istonda geografik nomlarni o’zgartirishga qarshi besh yillik moratoriy qo’yilganiga qaramay, shahar nomining o'zgarishi haqidagi gaplar tobora ko'proq quloqqa chalinmoqda.
Qozog’istonlik o’zbek shoiri Sulton Yo’ldosh uch ming yillik tarixga ega Sayram nomining o’zgarishi mumkinligidan qattiq xavotirda.
“Sayramning tarixi uch ming yildan oshadi. Hozir Sayramni Chimkent shahri tarkibiga qo’shilishi munosabati bilan uning nomini o’zgartirishmoqchi. Biz bunga qarshimiz. Viloyat hokimligiga murojaat ham qildik. Ularning programmasiga ko’ra, Sayram shaharga qo’shilgandan keyin uning nomi ham yo’qotilishi kerak. Hozir ko’pchilik bo’lib shu nomni saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz. Sayram nomi “Aveto”da uchraydi, “YUNESKO” ro’yxatiga ham kiritilgan ”, - deydi Sulton Yo’ldosh.
Sayramliklar nima sababdan Sayram nomini o’zgartirishga qaror qilingani haqida aniq ma’lumotga ega emas. Biroq bu qaror nafaqat sayramliklarni, balki Chimkentdagi jamoatchilikni ham xavotirga solgani aytiladi.
Sayram aholisi Janubiy Qozog’iston viloyati hokimligiga ariza yozib, uch ming yildan buyon mavjud Sayramning nomi va maqomini saqlab qolishni so’ragan.
“Sayram qishlog’i nomidagi Sayram rayoni bor. Rejaga ko’ra, bu rayonning o’zi ham yo’q bo’ladi, uning yerlari uchta rayonga qo’shib berilishi kerak. Sayram rayoni ham, qishlog’i ham bo’lmaydi, umuman, Sayramning nomi qolmaydi. Sayram rayonining 160 mingdan oshiq aholisi bor, ko’proq o’zbeklar yashaydigan joy”, - deydi Sulton Yo’ldosh.
Viloyat hokimligidan bu borada aniq ma’lumot olish, bevosita mavzu bo’yicha javob bera oladigan mutasaddini topishning imkoni bo’lmadi.
Viloyatdagi o’zbek madaniyat markazi rahbari Ikrom Hoshimovga ko’ra, gap faqat Sayramning shaharga qo’shilishi haqida bormoqda, nom o’zgarishi haqida emas.
“Sayramning nomi o’zgarishi haqida hech qanday ma’lumot ham, ko’rsatma ham yo’q, faqat shaharga qoshilishi mumkin. Bu haqda bekorga vahimali xabar chiqarmaslik kerak”, - deydi u.
Shoir Sulton Yo’doshga ko’ra, qaror viloyatda emas, respublika miqyosida qabul qilingan.
“Bu yerdagi ko’pchilik ham Sayram nomi qolishi tarafdori, lekin bu masala yuzasidan Parlament miqyosida, prezident qabulida qaror berilgan degan gap bor”, - deydi u.
O’tgan dekabr oyining oxirida Qozog’iston Parlamenti Onomastika - joy nomlari, atamalar bo’yicha mavjud qonunga o’zgartirishlar kiritdi.
Bungacha Qozog’istonda joy nomlarini o’zgartirishga nisbatan besh yillik moratoriy amalda edi.
Parlamentda qonun yuzasidan gapirgan Qozog’iston Madaniyat Ishlari vaziri Darxan Minbayga ko’ra, mamlakat ehtiyojlaridan kelib chiqib, joy atamalarini qo’llash yuzasidan qonunni takomillashtirishga qaror qilingan. Vazirga ko’ra, joylarga nom berishda mamlakat bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ko’p uchraydi.
Sayram nomining o’zgartirilishi haqidagi xabarlar Qonundagi yangiliklarga qanchalik bog’liqligi noma’lum, ammo Sayram o’rniga qo’yish uchun rejalanayotgan muqobil nom haqida ma’lumotlar bor.
“Sayramni ikkiga bo’lib, yarmini Savrin, yarmini Martibi deb nomlashmoqchi. Yer bo’yicha mutaxassislar buni kartada ko’rgan, yig’ilish qilib odamlarga ham aytgan. Yig’ilishda bu masalani faqat yuqoridagilar hal qilishi mumkinligini aytishgan. Sayramning yonida Martibi degan bir tepalik bor. Shuning yonida uchta tarixiy biy yig’ilib, majlis o’tkazgan. Shu nomni olishmoqchi”, -deydi shoir Sulton Yo’ldosh.
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri sanalgan Sayram azaldan o’zbeklar ko’proq yashaydigan aholi punktlaridan hisoblanadi. 1999-yilda Sayram o’zining uch ming yilligini rasman tantana qilgan edi.