Breaking News

Respublikachilar yangi oliy sudyani saylovdan keyin tayinlanishi tarafdori


Entonin Skaliya Oliy sud sudyasi sifatida qasamyod keltirmoqda, Vashington, 1986-yil
Entonin Skaliya Oliy sud sudyasi sifatida qasamyod keltirmoqda, Vashington, 1986-yil

AQSh oliy sudyasi Entonin Skaliyaning vafotidan so'ng Oliy Sudda to'rt konservativ va to'rt nafar liberal sudya qoldi. Prezident Barak Obama liberal huquqshunosni oliy sudyalikka tayinlashidan xavotirga tushgan konservatorlar Obamadan bu ishni keyingi prezidentga qoldirishni so'ramoqda. Ammo bu Skaliyaning o'rni salkam bir yil bo'sh turadi degani.

Respublikachilar noyabrdagi prezident saylovlarida ularning safdoshi g'alaba qozonishiga, konservativ qarashlari bilan ajralib turgan Skaliyaning o'rniga unga o'xshash sudyaning tayinlanishiga umid qilmoqda. Shunda Oliy sudda konservatorlar yana ustunlikka erishadi. Biroq hozirgi vaziyatda ba'zi masalalar bo'yicha sudyalar kelisholmasa, Oliy sudning ishi turib qolishi mumkin.

AQShda oliy sudyalar bir umrga tayinlanadi, biroq o'z xohishi bilan iste'foga chiqishi mumkin.

79 yoshda vafot etgan Entonin Skaliya Oliy sudga 1986-yilda Prezident Ronald Reygan tomonidan tayinlangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG