Breaking News

Shotlandiyada so'rov: Britaniyada qolish tarafdorlari ko'proq


Shotlandiya besh milliondan oshiq aholiga ega
Shotlandiya besh milliondan oshiq aholiga ega

Besh milliondan oshiq aholiga ega Shotlandiyada mustaqillik masalasi ovozga qo’yilmoqda.

Ijtimoiy so’rovlar natijalariga ko’ra, Britaniyadan ajralib chiqishga qarshilar soni ko’proq.

Shotlandiya ahlining 48 foizi istiqlolga “ha” demoqchi. 52 foiz aholi esa Londondan uzoqlashishni xohlamayapti.

Taraflar bugun targ’ibot ishlariga zo’r berib, bu masalada hali bir to’xtamga kelmagan o’n minglab odamlarni o’ziga og’dirishga urinayapti.

Qarshilar nazarida Shotlandiya Britaniyadan ajralib chiqsa, o’z iqtisodiyotiga ziyon qiladi. Ikkisi 300 yildan oshibdiki bir davlat, bir yurt.

Tarafdorlar esa Shotlandiya endi o’z taqdirini o’zi hal qilishi, o’z rahbarlarini o’zi tanlashi va Londonga tobelikdan xalos bo’lishi lozim, degan fikrda.

Britaniya Bosh vazir Deyvid Kameron referendum natijasida qat’iy nazar, “biz demokratiyamiz” deydi. Saylovda berilgan ovozlar hurmat qilinadi va jamoatchilik xohishiga amal qilinadi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG