Breaking News

Serbiyada Yevropa Ittifoqiga qarshi kayfiyat kuchaymoqda


Serbiya va Yevropa Ittifoqi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Ilgari Yugoslaviyaning bir qismi bo'lgan Serbiya 16 yil avval Yevropa Ittifoqiga qo'shilish harakatini boshlagan. Ayrim serbiyaliklar nazarida ittioqqa kirish shuncha uzoq kutishga arzimaydi. Bu haqdagi fikrlar, ayniqsa, Britaniya ittifoqni tark etishga qaror qilishi ortidan yanada kuchaydi. Ayni paytda Serbiya hukumati qonunlarni isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda savdo qoidalariga o'zgartirish kiritish kabi Bryussel qo'ygan talablarni amalga oshirishda davom etmoqda.

17 yil avval NATO bombalaridan vayron bo'lgan binolar serbiyaliklarga Yugoslaviyadan ajralish paytidagi urush va turg'unlik davrini esga solib turadi.

Yevropa Ittifoqiga qo'shilish ayrimlar uchun yangi umid manbai.

"Hayot yaxshiroq bo'ladi. Tinch bo'ladi. Bolqonda hozir shunga ehtiyoj bor. Urush qiladiganini qildi. Endi o'z yo'limizni topishimiz kerak", - deydi fuqarolardan biri.

Serbiya shuhratini qayta tiklash ilinjida. U bir paytlar qiruvchi samolyotlar kabi yuksak texnologiyalar ishlab chiqargan.

Belgraddagi aeronavtika muzeyida AQSh va NATOning urib tushirilgansamolyotlari qoldiqlari bor. Bu o'tmishda G'arb bilan aloqalar yomon bo'lganidan esdalik.

Yevropa Ittifoqiga qo'shilish eski yaralarni tuzatib, yaxshiroq va farovonroq kelajak sari yo'l ochadi.

Ammo ayrimlar, masalan, fermer Zoran Petrov, ittifoq milliy o'zlik va madaniyatni yo'qqa chiqarishidan xavotirda.

U Yugoslaviya paytida ishlab chiqarilgan kombaynni ko'rsatib, bu texnikaning zamonaviy va komputerlashtirilgan mashinalardan afzal ekanini aytadi. Britaniyaliklar to'g'ri qildi, deydi u.

"Agar ular Yevropada qololmaymiz, deb aytayotgan bo'lsa, bu narsa bizni o'ylashga undashi kerak. Demak, Yevropadagi rang-baranglik tahdid ostida", - deydi u.

Serbiya ittifoqqa qo'shilish uchun qonun ustivorligini kuchaytirish hamda maoshlarni oshirishga va'da bergan. Ammo Britaniyadagi referendum ortidan ittifoqqa qarshi serbiyaliklar soni ortgan.

"Bu yerdagi odamlar Yevropaning boshqa qismlariga qaraganda ko'proq o'ylanyapti. Ular Yevropa Ittifoqining qulashi mumkinligi haqida ko'proq xavotir bildirmoqda. Bu to'g'rimi yoki yo'qmi, ular shu narsani ilgari ko'rishgan", - deydi jurnalist Marko Prelevich.

Fermer Zoran Petrov eski kombaynning motorini ishga tushira oldi. Xuddi shunga o'xshab, Serbiya ham o'zini tuzata oladi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG