Breaking News

Mudofaa vaziri bo'lishga nomzod Shenexan Senat tingloviga hozirlanmoqda


AQSh Prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri lavozimini to’rt oydan beri vaqtincha bajarayotgan Pet Shenexanning ushbu lavozimda tasdiqlanishini xohlaydi. Buning uchun Shenexan oldin senatorlar elagidan o’tishi kerak.

Mudofaa vaziri bo'lishga nomzod Shenexan Senat tingloviga hozirlanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Sobiq mudofaa vaziri Jim Mattis 1-yanvarda iste’fo bergan edi.

“Mattisning biografiyasi ajoyib. Unga o’xshab ishlash oson bo’lmaydi. Biroq Shenexan ikki yil davomida o’rinbosar lavozimida ishlab, ancha narsalarni undan o’rgandi”, - deydi Demokratiya himoyasi jamg’armasidan Bredli Boumen.

Shenexan Pentagongacha davlat ishida ishlamagan. Respublikachi senatorlar uning nomzodini yoqlashi aniq, biroq demokratlar uni obdon elakdan o’tkazmoqchi, tajribasi haqida ma’lumot olmoqchi, Prezident Tramp bosimiga qarshi tura bilishini bilmoqchi.

“Shenexan zarur bo’lganda, biror qarorni yaxshi yoki yomon deb bilsa, prezidentga o’z fikrini dadil ayta olishini bilishmoqchi”, - deydi Boumen.

Yana bir muammo shuki, Kongressdagi siyosiy bo’linish sabab harbiy byudjet oldingiday emas.

“Shenexan 2020-yil byujdetida ko’rsatilgan katta maqsadlar va uzoq muddatli milliy mudofaa strategiyasiga ancha kamtarona resurslar bilan erishishga harakat qilishga majbur bo’ladi”, - deydi Brukings tahlil institutidan Maykl Oxanlon.

Eron bilan taranglik kuchayar ekan, Shenexan uchun bu katta sinov bo’ladi.

“Tramp ma’muriyati Eron masalasiga katta urg’u bermoqda. Ammo vaziyat izdan chiqishi mumkin va oqibati yomon bo’ladi. Shenexan Eron tahdidini bartaraf etishda sokin, ammo dadil fikr berishi kerak”, - deydi Oxanlon.

Pentagon buning uchun Yaqin Sharqda harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda. Dunyo rahbarlari har ikki tarafni vazminlikka chaqirmoqda. AQSh va Eron urush qilish niyati yo’qligini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG