Breaking News

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Eronni a’zolikka qabul qilmaydi


Toshkentda majlis qilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari a’zolik haqidagi qoidalarga tuzatish kiritgan. Endi Eron kabi davlatlar tuzilmaga kirishi mumkin emas. Ya’ni Birlashgan Millatlar Tashkiloti sanksiyasiga uchragan mamlakatlar bu huquqdan mahrum qilinadi.

Hafta boshida BMT Xavfsizlik Kengashi Tehronni yashirin yadroviy izlanishlari uchun to’rtinchi bor sanksiya bilan jazolagan edi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga olti davlat – Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekiston a’zo. Eron, Pokiston, Mog’uliston va Hindiston kuzatuvchi maqomiga ega. Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajod Toshkentdagi sammitda qatnashmayapti.

Shuningdek, ShHT a’zolari bugungi yig’inda regional xavfsizlik va Qirg’izistonda tinchlikni ta’minlash haqida muzokara qilgan.

Tuzilmaga 2001 yilda asos solingan va ustuvor vazifa – vakillar xavfsizligini ta’minlashdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG