Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan.
Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan.
Kanada axborot vositalarining yoritishicha, askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan.
Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Ikki kun oldin Montreal shahri yaqinida bir musulmon mashinasida ikki askarni o'qqa tutgan edi.
Bugun Ottavada qilingan hujum shu odamga yaqin shaxs tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar bor. Har ikkisi bir xil kiyingan, yuzida o'xshash niqob bo'lgan.
Politsiya nazarida hujumchilar ikki kishidan ko'p bo'lishi mumkin. Otishma bir necha joyda yuz bergan.
AQSh rahbari Barak Obama Kanada Bosh vaziri Stiven Xarperga telefon qilib, hamdardlik bildirgan. "Qo'shnimizga biror yordamni ayamaymiz",- degan prezident.
Kanadaning Vashingtondagi elchixonasi yopilgan, ehtiyot chora sifatida.