Breaking News

Qator hukumatlar Snoudenga boshpana taklif etdi


Lotin Amerikasining uch davlati AQSh razvedka idoralarida kontraktor bo’lib ishlagan Edvard Snoudenga siyosiy boshpana berishga rozi. U davlat sirlarini fosh etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.

Boliviya prezidenti Evo Morales Snouden bizga shunday iltimos bilan murojaat qilsa, xo’p deb javob qilar edim, deydi. Boliviya Snoudenga panoh berishga tayyor uchinchi davlatdir. Avvalroq Venesuela va Nikaragua ayni taklif bilan chiqqan edi.

Kompyuterchi Edvard Snouden hozir Rossiyaning Sheremetyevo aeroportida jon saqlamoqda. Gap shundaki, samolyotga chiqish uchun uning biror hujjati yo’q. AQSh hukumati uni fuqarolikdan ayirgan.

Avvaliga Gonkongga qochib, so’ngra Rossiyaga yo’l olgan Snouden o’nlab davlatga boshpana so’rab murojaat qilgan va rad javobini olgan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi fuqarolarning telefon so’zlashuvlari va internetdagi faoliyatini kuzatayotgani haqidagi maxfiy ma’lumotlarni ommaga fosh etgani uchun vatanida unga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Xavfsizlik agentligi esa bu ma’lumotlar terror hujumlarini bartaraf etishda qo’l kelganini bildirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG