Breaking News

Sochi Olimpiadasida mezbon Rossiya g'olib


Sochi Olimpiadasi
Sochi Olimpiadasi
Bugun Sochida Qishki Olimpiya o’yinlari yakunlanmoqda. Mezbon Rossiya sportchilari ajoyib natija ko’rsatib, bobsley bo’yicha oltin medal sohibi bo’ldi.

Bugun boshqa sport turlarida kumush va bronza medallari ham qozonilib, norasmiy umumjamoa musobaqasida 33 ta medal bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shulardan 13 tasi oltin. Rossiya jamoasi bu borada nafaqat oldingi ko’rsatkichlari, balki Sovet Ittifoqi rekordini ham yangiladi.

Bugun xokkey bo’yicha olimpiya chempioni ham aniqlandi. Kanada terma jamoasi shvedlarni finalda 3:0 hisobida dog’da qoldirib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Ayni daqiqalarda Olimpiya o’yinlarining yopilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

Qo’shma Shtatlar 28 ta medal bilan ikkinchi, Norvegiya esa 26 ta medal bilan uchinchi o’rinni egalladi. Keyingi Qishki Olimpiada 2018-yili Janubiy Koreyada o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG