So’nggi yillarda ijtimoiy sahifalarning oddiy insonlar hayotiga ta’siri kuchaydi. Saylovchilarning bir qismi ijtimoiy sahifalardagi ma’lumotlarga tayanib dunyoqarashini shakllantirmoqda, ammo doim ham bunday ma’lumotlar haqiqatga yaqin emas.
Ijtimoiy sahifalarga egalik qiluvchi kompaniyalar yolg’on ma’lumotlarga to’siq qo’yish maqsadida so’nggi oylarda nazoratni kuchaytirgan
“Internetda ko’zingiz tushgan hamma narsaga ham ishonib bo’lmaydi. Onlayn axborot ekosistemasi chiqindi konteyneriga o’xshaydi”, - deydi Kaliforniya universiteti professori Xeyni Farid.
Internetdagi sahifalarning bir qismi saylov, saylov natijasi va saylovdan keyingi tortishuvlarga doir yolg’on ma’lumotlarni ataylab tarqatish bilan shug’ullanadi. Buning oldini qanday olsa bo’ladi?
“Masalaning vahimali tomoni shundaki, yolg’on ma’lumotga biror harakatga da’vat ham sherik bo’ladi. Yoki odamlarning bir qismi ma’lumotni da’vat deb tushunishi mumkin. Bu esa o’z navbatida tartibsizliklarga yetaklashi mumkin degan xavotir mavjud”, - deydi Shimoliy Karolina universiteti dotsenti Shennon Makgregor.
“Twitter” saylovga doir shubhali tvitlarni tamg’alashga kirishgan. Kompaniya nomzodlarning g’alabani erta da’vo qiluvchi tvitlarini belgilab qo’yishini bildirdi.
“Facebook” esa yaqinda Shri-Lanka va Myanmadagi saylovlarda qo’llagan usulidan foydalanishini ma’lum qildi. Ya’ni saylov natijasi haqidagi yolg’on axborotga biriktirilgan xeshteglar o’chiriladi, zo’ravonlikka da’vat etuvchi postlar yoki soxta xabarlar tarqalishi cheklanadi.
Kuzatuvchilarga ko’ra, ijtimoiy sahifalardagi soxta xabarlar odatda internet saytlaridagi ma’lumotga qaraganda tezroq tarqaladi.
Ijtimoiy sahifalar demokratik jarayonga salbiy ta’sir qilyaptimi yoki ijobiy? Amerikada bugun o’tayotgan saylov ana shuni aniqlash uchun yana bir sinovdir.
Saylov yakuni haqida jonli efir Facebook va YouTube sahifamizda.
Facebook Forum