Breaking News

Janubiy Koreyada yangi prezident qasamyod keltirdi


Janubiy Koreya yangi Prezidenti Mun Je In
Janubiy Koreya yangi Prezidenti Mun Je In

Janubiy Koreyada sobiq prezident Pak Gven Xe korrupsiyada ayblanib, ishdan olinishi ketidan mamlakatda yangi saylovlar bo’lib o’tdi. Poygada 41 foiz ovoz to’plagan Mun Je In g’olib bo’lib, hukumatda korrupsiyaga chek qo’yishga va’da berdi.

"Bu ishga bo’sh qo’l bilan keldim, undan bo’sh qo’l bilan ketaman”, - dedi Mun Je In.

Yangi rahbar impichment jarayonida boshqaruvni vaqtincha o’z qo’liga olgan hukumatni yangiladi. Shimoliy Koreya yadroviy tahdidi haqida fikr bildirar ekan, Mun Je In AQSh Janubiy Koreyada o’rnatishni rejalayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa sistemasidan voz kechishi mumkinligini aytdi. Unga ko'ra, bu bilan qo’shni Xitoyni g’azablantirishning keragi yo’q.

“Mavzuni muhokama qilish uchun kerak bo’lsa, Vashingtonga, Pekinga va Tokioga boraman. Hatto Pxenyanga borishga ham tayyorman”, - dedi u.

Donald Tramp mudofaa sistemasi uchun Janubiy Koreya bir milliard dollar to’lashi kerak, degan edi. Xitoy bunday tizimni mintaqaviy xavfsizlika tahdid deb, Janubiy Koreyadan importga cheklovlar qo’ydi, turizm sustlashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG